Falastinning G'azo sektorida istiqomat qiluvchi 13 yoshli Jani Adham Naim Ashourga Qur'oni Karimni to'liq yod olishi uchun bor-yo'g'i bir oy kerak bo'ldi.
Yaqinda“Iqro Qur'on” xayriya instituti tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimda mahalliy ulamolar uni katta muvaffaqiyati uchun taqdirlashdi.
Janining bu muvaffaqiyati haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko'pchilikning e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Joriy yilning 10 may kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Yunus Ali Oxund” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faodiyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ng esa shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdilar.
Seminar yig‘ilishida esa notiqlar tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahridagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumandagi Masjid imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mexnat qilayotgan imom-xatib viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Seminar yakunlangach esa, qozidomla boshchiligida masjid hududiga yaxshi niyatlar ila o‘n tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
Andijon viloyat vakilligi Matbuot xizmati