Rossiya markaziy banki 2023 yilda Checheniston va Dog'istonda islomiy bank loyihasini sinovdan o'tkazishni boshlashni rejalashtirmoqda va Moliya vazirligi bilan birgalikda qonunchilikka tegishli o'zgartirishlar tayyorlamoqda. Markaziy bank matbuot xizmatining “Interfaks”ga ma'lum qilishicha, gap islom bankining rivojlanishi haqida bormoqda.
Checheniston Respublikasi va Dog'iston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi tomonidan ushbu loyihaning sub'ektlari sifatida taklif qilingan, deyiladi xabarda.
Iyul' oyi boshida Davlat dumasi Moliya bozori qo'mitasi rahbari Anatoliy Aksakov Islomiy bank qoidalarini belgilovchi qonun loyihasi idoralarga tasdiqlash uchun yuborilganligi va kuzda uni qabul qilishga umid bildirdi. Uning qayd etishicha, loyihani amalga oshirish uchun Malayziya, Indoneziya va bir qator arab davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati