Sayt test holatida ishlamoqda!
23 May, 2025   |   25 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
04:58
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:45
Xufton
21:18
Bismillah
23 May, 2025, 25 Zulqa`da, 1446

Turkiyada xalqaro konferentsiya o'tkazildi

25.12.2023   1235   2 min.
Turkiyada xalqaro konferentsiya o'tkazildi

2023 yil 21 dekabr' kuni Turkiya Respublikasining Istanbul universiteti Ilohiyot fakul'teti anjumanlar zalida «Movarounnahrning Islom ilm-fani va madaniyatiga qo'shgan hissasi» mavzusida xalqaro konferentsiya o'tkazildi.


Anjuman «Ayo-Sofiya» masjidi imom-xatibi Ferruh Mushtuerning Qur'oni Karim tilovati bilan boshlandi.


Halqaro anjuman Istanbul universiteti rektori, professor Usmon Bulent Zulfiqor, UMAD- Uluslararası Müslüman Alimler Dayanışma Derneği – «Halqaro musulmon ulamolari birdamlik assotsiatsiyasi» prezidenti Abdulvahhob Ekinji va İHAM – Ilim hizmet ve araştirma merkezi – «Ilmiy xizmat va tadqiqot markazi» prezidenti professor Mustafo Karatashning kirish so'zlari bilan ochildi.


Yurtimiz delegatsiyasi tarkibida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universiteti doktori Abdumurod Tilavov va doktor Abdumuxtor Rahmonov anjumanda ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar.


Professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov «Hanafiy mazhabining Movarounnahrga kirib kelishi, tarqalishi va rivojlanishi» mavzusida ma'ruza qildi.


Istanbul universiteti rektori, professor Usmon Bulent Zulfiqor Movarounnahrning insoniyat tarixi va Islom madaniyatidagi o'rni va ahamiyatiga urg'u berdi. Bu diyordan etishib chiqqan ulamolarning Islom diniga qo'shgan hissasiga to'xtalib, Temuriylar davlatining mintaqada ilm-fan va madaniyat borasidagi xizmatlariga alohida e'tibor qaratdi. Rektor Turkiya, jumladan Istanbul, universiteti bilan O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi ilmiy aloqalar yanada rivojlanayotganini katta mamnuniyat bilan ta'kidladi.


Anjuman yakunida professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov Istanbul universiteti rektori, professor Usmon Bulent Zulfiqorga esdalik sovg'alarini topshirdi.

 

 

 

 

TII Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ayolingiz bemor bo‘lsa uyiga olib borasizmi?

19.05.2025   3266   1 min.
Ayolingiz bemor bo‘lsa uyiga olib borasizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ba’zi oilalarda ko‘radigan holatlarimizdan biri, agar ayol kasal bo‘lib qolsa, eri uni ayolning uyiga olib borib qo‘yadi. Tuzalganidan keyin esa o‘zining uyiga qaytarib olib keladi. Bunday ish tutish muruvvat sohiblariga aslo yarashmaydigan ishdir. Bunda ayolning nafsiga aziyat berish bordir.

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu Badr g‘azotida qatnashmadilar, g‘oib bo‘ldilar. Chunki u zotning ayollari Ruqayya binti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq betob edilar...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: “Senga Badrga qatnashgan va o‘q otgan kishining ajri bo‘lur”, deganlar.

Endi o‘ylab ko‘r, Alloh seni va meni rahm qilsin, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qanday qilib (bemor) ayolini yonida bo‘lish va unga qarashni Allohning yo‘lidagi mujohidning ajri bilan teng o‘ringa qo‘yganlariga qara!

Har qanday jangchi emas, balki Badrda ishtirok etgan jangi bilan (teng o‘ringa qo‘ydilar). Alloh taolo Badr ahliga nazar solgan va bu g‘azot haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam as’hoblariga qarata: Alloh Badr ahliga qarata Istaganingizni qiling, sizlarni mag‘firat qildim dedi”, degan edilar.