Islom dunyosi ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO), Butunjahon musulmonlar ligasi (MWL) va Marokashdagi Muhammadiya olimlari ligasi birgalikda Rabotdagi ISESCO shtab-kvartirasida muzey va ko'rgazma ochildi.
Ko'rgazma Payg'ambarimiz sallollohu alayhi va sallam hayotining turli jihatlari, shuningdek, tarixiy voqealar va joylar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirishi uchun eng so'nggi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan holda tashkil etildi.
Islam.ru xabariga ko'ra, ko'rgazma Islom dinida adolat, tinchlik, mehr-oqibat, bag'rikenglik, hamjihatlik va insof haqidagi g'oyalarni targ'ib qilish uchun tashkil etilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Madinai munavvara shahridagi «Zamzam Pullman» mehmonxonasida bo‘lib turgan ziyoratchilar bilan suhbatlashdilar. Yurtdoshlarimizdan sog‘liklari, kayfiyatlari, ibodatlarini qanday ado etayotganlari, mehmonxonadagi sharoitlar haqida fikr-mulohazalarini so‘radilar.
Bo‘lajak hojilar ziyorat va ibodatlarni bekamu ko‘st ado etishlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlardan nihoyatda mamnunligini bildirishdi. Ayniqsa, mehmonxona Harami sharifga juda yaqinligi yoshi ulug‘ kishilar uchun ham qulay bo‘layotgani, besh mahal namozni Masjidi Nabaviyda ado etishning shukuhi haqida so‘zladilar. Malakali imom-xatiblardan tashkil topgan ellikboshilar, ishchi guruhi, shifokorlar tunu-kun shay turishganini alohida e’tirof etishdi.
Muqaddas zaminda toat-ibodatlarini xotirjam bajarayotgan ziyoratchilar yaqinlari, oila a’zolari qatorida tez-tez el-yurtimiz, davlatimiz rahbari va boshqa mutasaddilar haqlariga duolar qilib, ofiyat va farovonligimiz bardavomligini Allohdan so‘rashmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati