Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2025   |   21 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:33
Asr
17:20
Shom
19:26
Xufton
20:47
Bismillah
15 Avgust, 2025, 21 Safar, 1447

Ashuro kunining ro'zasini tutishni unutmang! (audio)

04.08.2022   26391   3 min.
Ashuro kunining ro'zasini tutishni unutmang! (audio)

8 avgust dushanba kuni Muharram oyining 10-kuni – Ashuro kunidir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro'zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo'ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni ro'zasini Ramazon oyi ro'zasini kutib sog'ingandek, boshqa kun va oy ro'zasini kutganlarini ko'rmadim” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro'zasini tutib, odamlarni ham bu kunning ro'zasini tutishga buyurganlarida, sahobalar: “Yo, Rasululloh! Bu kun yahudiy va nasroniylar ulug'laydigan kun-ku!” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh xohlasa kelasi yil to'qqizinchi kuni ham tutamiz”, dedilar. Ammo, kelasi yil kelmasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu niyatlariga e'tiboran, Ashuro kuniga qo'shib bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro'za tutmoq afzal deydilar.

Og'iz yopish va ochish vaqti (Toshkent vaqti bilan):


9 Muharram - 7 avgust - yakshanba


Saharlik (og'iz yopish) vaqti: 03:52
Iftorlik (og'iz ochish) vaqti: 19:35

 

10 Muharram - 8 avgust - dushanba


Saharlik (og'iz yopish) vaqti: 03:54
Iftorlik (og'iz ochish) vaqti: 19:34

 

11 Muharram - 9 avgust - seshanba


Saharlik (og'iz yopish) vaqti: 03:55
Iftorlik (og'iz ochish) vaqti: 19:33

Niyati: Holis Alloh uchun nafl ro'za tutishni niyat qildim.

G'aflatda qolmang! Ashuro kuni ro'zasini tutishni o'tkazib yubormang!

Yaqinlaringizga ham eslating. Ehtimol Siz ularning ro'za tutishiga sababchi bo'larsiz.

Davron NURMUHAMMAD

 

Audio
Boshqa maqolalar

Agar Allohning ismini zikr qilganida

11.08.2025   6964   1 min.
Agar Allohning ismini zikr qilganida

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan oltitasi bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz", dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan