Bugungi kunda namozga oid ixtiloflarning eng ko'zga ko'ringan shakllaridan biri namozda turganda ikki oyoqni haddan tashqari kerib turish bo'lib qolgan. Bu hol bemazhab ixtilofchilarga huzur bag'ishlasa ham, mazhabni tutganlarga erish tuyulishi turgan gap. Huddi shu narsaning ortidan ixtilof chiqqani ham haqiqat. Bu masala bo'yicha doktor Vahba Zuhayliyning «Al Fiqhul Islamiyyu va adillatuhu» nomli kitobida quyidagilarni o'qiymiz: Hanafiylar aytadilar: «Qiyomda ikki oyoq orasini to'rt enlik miqdoricha ochib turish sunnatdir. Chunki bu xushu'ga yaqinroqdir».
«Shofe'iylar aytadilar: «Ikki oyoq orasi bir qarich mikdorida ochiladi.
«Molikiy va hanbaliylar aytadilar: «Ikki oyoqning orasini ochish mandubdir. O'rtacha holatda bo'lsin. Ikkisini bir-biriga qo'shib olmasin yoki juda kengaytirib, urfda noxush sanaladigan bo'lmasin».
Demak, mo''taraf to'rt mazhabning barchasida namozda oyoqni kerib turish durust emas. Ammo bemazhablar ixtilof chiqarish uchun namozda oyoqlarini haddan tashqari kerib turadilar.
«Ixtiloflar, sabablar, echimlar» kitobidan.
2026-yil 3-sentabr kuni Dohadagi Islom san’ati muzeyida O‘zbekiston tarixi va madaniy merosiga bag‘ishlangan «Uzbekistan: Heritage in Motion» ko‘rgazmasi ochiladi. Ekspozitsiya Markaziy Osiyoda islom dini tarqalishidan oldingi davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy va madaniy jarayonlarni qamrab oladi hamda 28-noyabrgacha davom etadi.