Dakka shahrida O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Hodjayevning Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina Vazed bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda transport va turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish chora-tadbirlariga alohida e'tibor qaratilib, "Toshkent – Dakka – Toshkent" yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovini tiklash istiqbollari bo'yicha fikr almashildi. Muloqotda o'zaro aloqalarning kengayishi yo'lovchilar tashish hajmini oshishiga hamda madaniy va turistik almashinuv imkoniyatlarining yaxshilanishiga olib kelishi ta'kidlandi.
"Umra + dasturi" doirasida turizm sohasida hamkorlikni faollashtirish, jumladan, bangladeshlik ziyoratchilarni tranzit qilish uchun O'zbekiston sayyohlik infratuzilmasidan foydalanish rejalashtirilmoqda", - deyiladi xabarda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan masjidlar qurish, ta’lim olish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordamga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
Bugungi qabul davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Ana shunday qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati