Shu yil avgust oyida Nigeriyada halol sanoat uchun xalqaro seminar va ko'rgazma tashkil etiladi. Afrika davlatining eng yirik shahri Lagos 8-9 avgust kunlari mazkur tadbirga mezbonlik qiladi. Tadbir Nigeriya Halol sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Halqaro Halol tadqiqot va ta'lim instituti (INHART) hamda Malayziya xalqaro Islom universiteti (IIUM) ma'ruzachilari halol sanoatining turli jihatlari bo'yicha o'z g'oyalarini taqdim etadi.
Eslatib o'tamiz, 2021 yil sentyabr' oyida Nigeriyada Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Tunis, Marokash, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya va Misr kompaniyalari ishtirokida xalqaro “Halol” ko'rgazmasi ham bo'lib o'tgan edi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati