Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2025   |   19 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
17 May, 2025, 19 Zulqa`da, 1446

Jiddada “O'zbekiston – allomalar yurti: Imom Buxoriy vataniga sayohat” kitobi taqdimoti o'tkazildi

29.07.2022   3704   2 min.
Jiddada “O'zbekiston – allomalar yurti: Imom Buxoriy vataniga sayohat” kitobi taqdimoti o'tkazildi

Jidda shahridagi O'zbekiston Bosh konsulxonasi Saudiya Arabistonidagi “Masic Holding” investitsion kompaniyasida mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan tadbir o'tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Saudiyalik ishbilarmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda yozuvchilar qatnashgan ushbu tadbirda Bosh konsulxona tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo'lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun mamlakatimizda yaratilgan qulayliklar, respublikadagi investitsion va turistik muhitning jozibadorligi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijalari hamda respublikadagi erkin iqtisodiy hududlar faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O'zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, respublikada mehmonxona xo'jaligini takomillashtirish doirasida xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar haqida ham so'zlab berildi.

Anjuman doirasida Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy ikki tomonlama munosabatlar haqida o'z fikrlarini bayon qildi. Diplomatning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid al-Falihning O'zbekistonga 2021 yil yanvar' oyidagi tashrifidan so'ng o'zaro hamkorlik munosabatlari rivoji yanada faollashdi.

Podshohlikning yirik kompaniyasi bo'lmish “Acwa Power” ham O'zbekiston hududlarida elektrostantsiyalarni barpo etish uchun 2,4 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar kiritmoqda. Shuningdek, ikki davlat kompaniyalari o'rtasida farmatsevtika, qishloq xo'jaligi sohalarida ham hamkorlik o'rnatilmoqda.

Yusuf al-Utaybining so'zlariga ko'ra, islom olami rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk ulamolar, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Mahmud Zamaxshariy kabi mutaffakkir olimlar O'zbekiston zaminidan etishib chiqqanini inobatga olib, ushbu ilmiy merosni o'rganish yuzasidan ikki davlat oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o'rtasida o'zaro hamkorlik mustahkamlanib bormoqda.

Tadbir doirasida “O'zbekiston... Allomalar yurti: Imom Buxoriy vataniga sayohat” nomli arab tilidagi kitobning taqdimoti o'tkazildi. Yig'ilganlarga ushbu kitob haqida batafsil ma'lumot berildi. Kitobda respublikamizdagi tarixiy qadamjolar, diniy-ma'rifiy maskanlar, tabiat manzaralari, o'zbek xalqining urf-odatlari, milliy taomlari va mevalari haqida ham batafsil hikoya qilingani qayd etildi.

Shu o'rinda muallif Abdulaziz Qosim mazkur kitobning yozilish tarixi va uning mazmun-mohiyati, umuman olganda O'zbekistonning investitsion va turistik salohiyati haqida batafsil so'zlab berdi.

Tadbir yakunida saudiyalik yirik tadbirkorlar va investorlar O'zbekistonda turli loyihalarni amalga oshirishga va sarmoyalar kiritishga chaqirildi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

16.05.2025   1203   1 min.
Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi
O'zbekiston yangiliklari