Sayt test holatida ishlamoqda!
01 May, 2025   |   3 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:51
Quyosh
05:21
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:23
Xufton
20:47
Bismillah
01 May, 2025, 3 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri qorilari bilan uchrashuv

05.06.2016   251   1 min.
Toshkent shahri qorilari bilan uchrashuv

2016 yil 3 iyun kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida muborak Ramazon oyi davomida Toshkent shahri masjidlarida xatmi Qur'onga o'tadigan qorilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov qatnashib, yig'ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Muborak oy bilan qutladi. Shuningdek, qorilarga tarovih namozlarida Allohning kalomini to'laligicha o'qib berishdek sharafli va mas'uliyatli vazifa oldidan o'zlarining tegishli ko'rsatma va tavsiyalarini berib o'tdi. Tadbir so'ngida qorilarning hifzlari va zehnlariga Yaratgandan barokatlar so'rab duoi xayrlar qilindi. 
Joriy yilda Toshkent shahridagi 109 ta masjidda 167 nafar murattab qorilar ishtirokida xatmi Qur'on tadbirlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

O'MI Masjidlar bo'limi 

Boshqa maqolalar

Xonadoningiz jannatga eltuvchi yo‘l bo‘lishi uchun...

25.04.2025   5805   2 min.
Xonadoningiz jannatga eltuvchi yo‘l bo‘lishi uchun...

Qanday qilib xonadoningiz jannatga eltuvchi yo‘l bo‘lishi mumkin?!

Sotib olayotgan yoki ijaraga olayotgan uyingiz imkon qadar masjidga yaqin joydan bo‘lsin. Azon tovushi sizni namozlarni jamoat bilan o‘qishga, shuningdek, kundalik namozlaringizni vaqtida ado etishga undaydi.

Biron uyni vatan tutishdan avval qo‘shnilarni yaxshilab so‘rab-surishtiring. Agar ular solih kishilar bo‘lsalar, narxi sal qimmatroq bo‘lsa-da, uyni sotib olishga shoshiling. Yomon qo‘shni  turmushingizni izdan chiqarib, hayotingizni zaharlashi mumkin.

Agar hovli-joy qursangiz deraza-oynalaringizni qo‘shnining uyiga ko‘zingiz tushadigan qilib o‘rnatmang. O‘z obro‘ingizni saqlagandek, ularning sha’nlarini ham saqlashga harakat qiling.

Agar iloji bo‘lsa, ayollar va erkaklar uchun alohida eshik qoldiring. Erkak-xotin aralash bo‘lishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymang.

Uyingizni baland qilib, qo‘shnilar bilan musobaqalashmang,  bezatishda ham isrofga yo‘l qo‘ymang.

Namoz o‘qiydigan alohida xona ajrating.

Keraksiz buyumlarni ko‘paytirib yubormang. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ehtiyojdan tashqari ko‘rpa-to‘shak, kiyim-kechaklardan ogohlantirib: “Er uchun bir ko‘rpa, ayoliga bitta ko‘rpa va bitta ko‘rpa mehmon uchun. To‘rtinchisi shaytonga”[1], deganlar.

O‘g‘il-qiz farzandlaringizga alohida xona ajrating.

Agar zarurat bo‘lmasa uy jihozlarini almashtiravermang. Bu shariat qoralagan isrofning aynan o‘zidir. Agar uy jihozlaringiz ko‘zingizga xunuk ko‘rinayotgan bo‘lsa, ularning joylarini o‘zgartiring. Bu sizga boshqa ko‘rinish imkonini beradi.

Bittadan ortiq televizor o‘rnatishdan saqlaning. Ayniqsa bolalar xonasiga televizor o‘rnatmang. Chunki bu bilan farzandingiz kun bo‘yi bekorchi narsalarni tomosha qilib o‘tirishga odatlanadi.

Kompyuterni ham hammaga ko‘rinib turadigan ochiq joyga o‘rnating.

Kichikroq bo‘lsa-da,  kitob javoniga, albatta, joy ajrating.

Ahli ayolingiz, o‘g‘il-qizlaringizga mehr-muhabbatli bo‘ling.  Duolaringizda Alloh taolodan oilangizga ikki dunyo saodatini nasib etishini so‘rang.


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Imom Muslim rivoyati.