- ro'zador barmog'i yoki namlangan paxta bilan qulog'ini tozalasa, ro'zasi ochilmaydi. Zero, quloq pardasi biron bir narsani bosh tomonga o'tkazmaydi;
- ro'zador ayolni ginekolog ko'rigi ro'zasi buzmaydi;
- ichki bavosil (gemorroy) va qoshiq bilan tomoqni tekshirish ham ro'zani buzmaydi;
- teri ostiga (yonboshga) qilingan ukol, emlash ham ko'pchilik fuqaholar nazdida ro'zani buzmaydi;
- ro'zador boshi yoki boshqa a'zolaridan qon oldirsa ro'zasi ochilmaydi;
- ro'zador ostini (mahrajini) yuvib, uni quritmay o'rnidan turib ketsa ro'zasi buziladi. Chunki qolgan suv ichiga ketib qolishi mumkin. Agar yuvgandan keyin orqasini biror narsa bilan artib, o'rnidan tursa ro'zasi buzilmaydi;
- ro'zador ayol paxtani jinsiy a'zosiga qo'yib, uni ichiga kiritib yuborsa ro'zasi buziladi, paxtaning bir tarafi tashqarida tursa ro'za buzilmaydi;
- ro'zadorning orqasiga termometr yoki haroratni o'lchovchi tibbiy jihozni kiritilsa ro'za ochilmaydi;
- erkak va ayolning orqasi hamda oldi tomonidan tibbiy bog'lama muolajalari kiritilsa ro'za buziladi.
- ro'zadorning terisi orqali kirgan narsa ro'zasini buzmaydi. Agar suvning sovuqligini ichida sezsa ham ro'zasi ochilmaydi. Shu kabi yuz terisini yog'lasa yoki surma qo'ysa ro'za buzilmaydi, agarchi og'zida uning ta'mini sezsa yoki tupigida rangini ko'rsa ham;
- Dori sotuvchi dorixonadagi dorilarning ta'mi va hidlarini sezsa ham ro'zasi buzilmaydi;
- Ro'zador qulog'iga ixtiyorsiz kirgan suv ro'zani buzmaydi, ammo qasddan suv kiritsa ro'zasi ochiladi;
- Ro'zador tamaki hidini qasddan hidlasa yoki ichiga kiritsa, shubhasiz ro'zasi ochiladi ( “Raddul muhtor” kitobi);
Ro'zador og'zini xurmo, ho'l yoki quruq mevalar bilan ochishi sunnat. Suv bilan ham ochish joiz. Bir oz tamaddi qilgandan so'ng shom namozini ado qilish sunnatga muvofiqdir.
Fatvo hay'ati
16 may kuni “Haj – 2025” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldi. Ularni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, mamlakatimizning Saudiyadagi Attashesi va ishchi guruhi tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.
Hamyurtlarimiz muhtasham “Al-Ayam Elite” va "Romance room" mehmonxonalariga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi.
Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, ularga bo‘lgan katta e’tiborni nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi.
Zamonaviy mehmonxonada xonalari tayin bo‘lgan ziyoratchilarimiz bu yerga diyorimizdan ularga xizmat ko‘rsatish uchun birmuncha oldinroq yetib kelib, mohir oshpazlarimiz pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand bo‘ldilar.
Tamattu’ hajini niyat qilgan ziyoratchilarimiz umra amalini ado etmoqdalar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati