Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Fevral, 2025   |   14 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:21
Peshin
12:42
Asr
16:12
Shom
17:57
Xufton
19:11
Bismillah
13 Fevral, 2025, 14 Sha`bon, 1446

Zakotga doir masalalar (uy-joylar, kiyim, garovga qo'ygan boylik, qarzdor kishi)

14.06.2016   549   3 min.
Zakotga doir masalalar (uy-joylar, kiyim, garovga qo'ygan boylik, qarzdor kishi)

1. Yashab turgan uy-joylari, kiyib turadigan kiyimlari, minilib turadigan ulov, oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar tilla, kumushdan yasalmagan bo'lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo'lsa) olimning foydalanib turgan kitoblari, kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi. Bo'yoqchining idishdagi bo'yog'idan, teri oshlovchining idishdagi yog'-moylaridan zakot beriladi. Kirchining kir sovunidan zakot berilmaydi. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

2. Garovga qo'ygan boyligi, madomiki, garovga olgan kishi qo'lida ekan, undan zakot berish vojib emas. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

3. Bo'yniga olmay yurgan qarzdorga qarshi dalil-hujjatga ega bo'lib qolsa va qarzni undirib olsa, o'tgan yillar uchun zakot vojib emas. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

4. Odamlardan qarzdor kishi agar boyligidan qarziga beradigan bo'lsa, nisobdan kamayib qoladigan bo'lsa, unga zakot vojib emas. Ammo nazr, kafforat, fitr sadaqasi, haj puli kabi Allohning haqlari ham zimmasidagi qarzi hisoblanadi. Lekin bu qarzlar zakotga to'sqinlik qilmaydi, ya'ni mazkur joylarga sarf qilsa, nisobdan kamayib qolish ehtimoli bo'lsa ham zakot beraveradi. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

5. Qarzdor uzoq joyga qochib ketsa, qaraladi, agar qarz bergan odam uni topib kelishga qodir bo'la turib, harakat qilmasa, zakot soqit bo'lmaydi, topib kelishga imkoniyati bo'lmasa, qarzdordagi puldan zakot bermaydi.  (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 
 

 

Fatvo hay'ati

 

 

 

 

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Kobulda Navoiy va Boburga ehtirom ko‘rsatildi

9.02.2025   7978   1 min.
Kobulda Navoiy va Boburga ehtirom ko‘rsatildi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deya xabar bergan mahalliy "Bakhtarnews" axborot agentligi.


Anjumanda ushbu qo‘shni davlatning axborot, madaniyat va san’at vaziri Mulaviy Atiqulloh Aziziy, mamlakatimizning Kobuldagi elchisi Oybek Usmonov, shuningdek ko‘plab adiblar, yoshlar ishtirok etdi.


Ishtirokchilar Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi boy, teran va mushtarak madaniy merosni asrab-avaylash, ilm-fan, adabiyot, falsafa va san’at sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasida hamkorlikda faol ish olib borilayotganini ta’kidladilar.


Ziyolilar, shoir-yozuvchilar ikki betakror siymoning ijodiy, ilmiy va madaniy faoliyatiga oid fikr-mulohazalari bilan  o‘rtoqlashdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Kobulda Navoiy va Boburga ehtirom ko‘rsatildi
Dunyo yangiliklari