Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Duo mo'minga najotdir

09.06.2016   445   14 min.
Duo mo'minga najotdir

 “Duo” arabcha so'rash, iltijo, chaqirish ma'nolarini anglatadi.  Alloh taolo bu haqda bunday marhamat qiladi:

 

  وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

 

Ya'ni: Sizdan (ey, Muhammad!) bandalarim Mening haqimda so'rasalar, (ayting) Men ularga yaqinman. Menga iltijo qiluvchining duosini ijobat eturman. Bas, ular ham Meni (da'vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga imon keltirsinlar, shoyad (shunda) to'g'ri yo'lga tushib ketsalar                              (Baqara, 186).

 ادْعُواْ رَبَّكُمْ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ

 

“Robbingizga tazarru' ila maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas” (A'rof, 55).

 

Ushbu oyati karimada Alloh taolo mo'min bandalariga duo qilish odoblarini o'rgatmoqda. Duoda tazarru' – yolborish va maxfiylik bo'lishi zarurligini ta'kidlamoqda.

 Huddi shu ma'no Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam))ning hadisi shariflarida ham o'z ifodasini topgan.

 

Imom Buxoriy va Imom Muslim Abu Muso al Ash'ariy r.a.dan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar bayon qilingan:

 

“Odamlar baland ovoz bilan duo qilgan edilar, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ey, odamlar, o'zingizga shafqat qiling, sizlar kar yoki g'aybga duo qilayotganingiz yo'q. Siz duo qilayotgan Zot eng yaxshi eshituvchi va eng yaqin Zotdir”, dedilar.

 

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Duo ibodatdir”, dedilar va (G'ofir surasining 60-oyati) “va Robbingiz: “Menga duo qilinglar, sizni ijobat  qilurman. Albatta, ibodatimdan takabburlik qiladiganlar tezda jahannamga bo'yin eggan hollarida kirurlar”oyatini qiroat qildilar.

 

Ushbu hadisda keltirilgan oyati karimada duo ma'nosi ibodat ma'nosi bilan bir xilda ishlatilgan. Binobarin, duoning ibodat ekanini Alloh taoloning o'zi bandalariga  bildirmoqda. Buni quyidagi hadislar ham quvvatlaydi:

 

قال رسول الله (صعلم) : ليس شيءٌ أكرم على الله تعالى من الدعاءِ

 

Alloh taoloning nazdida duodan ko'ra mukarramroq narsa yo'q”.

 

قال رسول الله (صعلم) : الدعاءُ مُخُّ العبادةِ

 

“ Duo ibodatning mag'zidir”.

 

قال رسول الله (صعلم) : مَنْ لم يسألِ اللهَ يغْضَبْ عليه

 

“Kim Alloh taolodan so'ramasa, U zot undan g'azablanadi”.

 

قال رسول الله (صعلم) : "من فُتح له مِنْكم بابُ الدعاءِ ففُتحتْ له أبوابُ الرحمةِ و ما سُئِلَ اللهُ  شياءً يعنى أحبّ إليه مِنْ أن يُسألَ العافيةَ"

 

“Kimga duo eshigi ochilsa, unga rahmat eshiklari ochilgan bo'ladi. Alloh taolo beriladigan narsalar ichida eng mahbub bo'lgani ofiyatni so'rashdir”, dedilar”.

  Imom Jazariy duolarning qabul bo'lish borasida yozgan asarlarida bir nechta shartlarni zikr qilganlar, jumladan:

 

– eydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan erlari haromdan bo'lmasligi.

 

– Ixlos bilan duo qilishi.

 

         – Tahoratli bo'lishi va qiblaga yuzlanmoq.

 

 – Avval nafl namoz o'qimoq.

 

– Hayrli ishlar qilish.

 

– Kambag'allar va tolibi ilmlarni xursand qilish.

 

         – Alloh taologa hamdu sanolar aytish.

 

– Eng afzal salavot namozda o'qiydiganmiz “Allohumma solli...” va “Allohumma borik...”dir. buni qancha ko'p o'qisa, duo shuncha tez qabul bo'ladi.

 

– Qo'llarni ko'tarib duo qilish, duoni qo'llari bilan yuzini silab tugatish.

 

– Hushu va tazarru' bilan Alloh taologa yolvorish.

 

 – Asmoul husnani – Alloh taoloning ismlarini o'qib tilak tilash. Payg'ambarlar yoki solih kiishlarni vasila qilib duo qilish mumkin.

 

– Gunohlarini e'tirof etib, Alloh taolodan avf va mag'firat so'rash

 

– Payg'ambarlardan va avliyolardan vorid bo'lgan sahih duolarni o'qish

 

– Qalb huzuri bilan tilagini so'ramog'i lozim.

 

– Hamdu sano bilan hamda salovotlar bilan duosini yakunlamog'i.

 

       Umid va qo'rquv bilan duo qilish.

 

Ana shunday odoblarga rioya qilmoq kerak va shuni ham unitmaslik kerakki Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) duoda  dunyo va oxirat saodatini tilamoqni tavsiya etganlar. Alloh taolo barchalarimizni duolari ijobat bo'ladigan zotlar qatorida qilsin!

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muborak safar boshlandi

14.05.2025   539   3 min.
Muborak safar boshlandi

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida diniy-ma’rifiy soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish yangi bosqichga ko‘tarildi. 2016 yilda 5 ming 200 nafar vatandoshimiz haj amallarini bajargan bo‘lsa, 2024 yilda 15 mingdan ortiq mo‘min-musulmonlar hojilik sharafiga muyassar bo‘ldi.
 

Bu yil ham 15 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz haj ibodatini ado etishadi. Mamlakatimizning 9 ta hududiy aeroportidan ziyoratchilar har kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri Madina shahriga haj safariga yuboriladi. Parvozlar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bilan birgalikda Saudiya Arabistonining “FlyNas” va “FlyAdeal” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.


Yurtdoshlarimizga Madinai munavvarada hamda Makkai mukarramada barcha shart-sharoitni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlaridan iborat dastlabki ishchi guruh faol ish olib bordi.
 

Madina shahrida muhtasham besh yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasi, Makkai mukarramada “Marmara hotel”, “Romance hotel”, “Al-Ayyam elite”, “Concrete hotel”, “Abroj Dania”, “Paradise”, “Open hotel”, “Ayyed saha” kabi sakkizta mehmonxona hojilarni yuqori saviyada kutib olishga shay qilingan. Mehmonxonalarda ziyoratchilar uchun namozxonalar, oshxonalar, tibbiyot punktlari hamda boshqa zarur vositalar hozirlandi.


13 may kuni tongda muborak haj safarini niyat qilgan ziyoratchilarning dastlabki guruhi dilda quvonch, tilda shukronalik bilan muqaddas zamin sari yo‘lga chiqdi.


Bo‘lg‘usi hojilarni kuzatish uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar mas’ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘ldi.


Orzulari ro‘yobidan his-hayajonga to‘lgan “Haj — 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari aeroportdan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.


Shu kuni Madina shahriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilar “Haj — 2025” ishchi guruhi va mutasaddilar tomonidan tantanali kutib olindi.


Yurtdoshlarimizga muhtasham “Zam-zam Pullman” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar va hadyalar ulashilib, izzat-ikrom ko‘rsatildi. Vatandoshlarimiz shodlik va shukronalik tuyg‘ulari bilan ziyorat va ibodatlarni ado etishga kirishdi.


Ayniqsa, mehmonxonaning Masjidi Nabaviyga juda yaqin masofada joylashgani hojilarimizni behad mamnun qilmoqda. Ular kunlik barcha ibodatni ushbu muborak masjidda ado etmoqda. Ular o‘z duolarida Yaratgandan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga bundan-da farovonlik so‘rashmoqda.


Eslatib o‘tamiz, ziyoratchilarimiz 2025 yil 13 maydan 28 mayga qadar haj safariga kuzatiladi.


«Xalq so‘zi».

O'zbekiston yangiliklari