frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ayollar uchun ramazonga oid savol-javoblar

13.06.2016   5267   4 min.
Ayollar uchun ramazonga oid savol-javoblar

1.     O'zining aka-ukasiga, opa-singlisiga zakot bersa bo'ladimi?

 Bo'ladi. Zakotni faqat o'zining ota, ona, bobo, buvilariga va o'zining zurriyodi o'g'il-qiz, nabiralariga berib bo'lmaydi.

 

2.     Ayol kishi o'zi taqib yurgan bitta yoki undan ko'proq tilla buyumlarga ham zakot beradimi?

 

Hanafiy mazhabida ayollarning taqinchoqlaridan, agar ulardagi tilla miqdori nisobga etsa, zakot chiqariladi. Bunda taqinchoqlarning soni emas, vazni e'tiborga olinadi. Taqinchoqlardagi tilla miqdori 85 grammga etsa, ulardan zakot beriladi. Ya'ni mazkur tilla miqdorining ikki yarim foizi qiymati zakot sifatida beriladi.

 

3.     Ro'za tutgan ayol ovqatning tuzini torsa bo'ladimi?

 

Ayol kishi ba'zan ovqatning tuzini totib ko'rishiga to'g'ri keladi. Ba'zan, u-bu emish sotib olishda ham ta'mini totib ko'rmasa bo'lmaydi. Bunday hollarda, tomoqdan o'tmaslik sharti bilan emakning ta'mi yoki tuzini totib ko'rsa bo'ladi.

 

4.     Hayz yoki nifosli ayollar ro'zani nima qiladi?

 

Hayz va nifos ko'rgan ayollar ro'za tutmaydilar. Ayollar Ramazonda hayzli yoki nifosli bo'lib qolsalar, poklanganlarida qazosini tutib beradilar. Bunday holatdagi ayollar iftordoshlariga ko'rsatmasdan eb-ichishlari islomiy odoblardandir.

 

5.     Homilador va emizikli ayollar ro'za tutadimi?

Homilador va emizikli ayollar o'zlarini yo farzandlarining sog'liklariga zarar bo'lmasa, ro'za tutishlari mumkin. Ammo kasallanib qolishdan yoki bolaning salomatligiga ta'sir qilishidan xavotirlanishsa, ro'za tutishmaydi. Ko'zi yoriganidan keyin yoki emizish davri tugagach bir kuniga bir kun qazo tutib berishadi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

12.08.2026   52719   1 min.
Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
 

Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.

Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda