«Taroveh» rohat-istirohat ma'nosidadir. Chunki, mazkur namoz istirohat hisoblanadi, har to'rt rakatni o'qib bo'lganidan keyin istirohat olinadi.
«Muxtasari Viqoya» kitobida:
Taroveh Vitrdan oldin yoki keyin sunnatdir. Har to'rt rak'atdan keyin uning miqdoricha o'tiriladi. Bir marta xatm qilish sunnatdir. Uni qavmning dangasaligi tufayli tark qilinmaydi. Ramazondan tashqarida Vitrni jamoat bilan o'qilmaydi, deyiladi.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ t قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ r يُرَغِّبُ فِي قِيَامِ رَمَضَانَ مِنْ غَيْرِ أَنْ يَأْمُرَهُمْ بِعَزِيمَةٍ وَيَقُولُ: مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ramazon kechalarini ibodat ila bedor o'tkazishga targ'ib qilar, ammo, qat'iy buyruq bermas edilar. Bas, u zot:
«Kim Ramazonda imon va ixlos bilan qoim bo'lsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinur», der edilar»(Beshovlari rivoyat qilishgan).
عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: خَرَجَ رَسُولَ اللهِ r لَيْلَةً مِنْ جَوْفِ اللَّيْلِ فَصَلَّى فِي الْمَسْجِدِ وَصَلَّى رِجَالٌ بِصَلاَتِهِ فَأَصْبَحَ النَّاسُ فَتَحَدَّثُوا فَاجْتَمَعَ أَكْثَرُ مِنْهُمْ فَصَلَّى فَصَلَّوْا مَعَهُ فَأَصْبَحَ النَّاسُ فَتَحَدَّثُوا فَكَثُرَ أَهْلُ الْمَسْجِدِ مِنَ اللَّيْلَةِ الثَّالِثَةِ فَخَرَجَ رَسُولُ اللهِ r فَصَلَّى فَصَلَّوْا بِصَلاَتِهِ فَلَمَّا كَانَتِ اللَّيْلَةُ الرَّابِعَةُ عَجَزَ الْمَسْجِدُ عَنْ أَهْلِهِ حَتَّى خَرَجَ لِصَلاَةِ الصُّبْحِ فَلَمَّا قَضَى الْفَجْرَ أَقْبَلَ عَلَى النَّاسِ فَتَشَهَّدَ ثُمَّ قَالَ: أَمَّا بَعْدُ فَإِنَّهُ لَمْ يَخْفَ عَلَيَّ مَكَانُكُمْ وَلَكِنِّي خَشِيتُ أَنْ تُفْتَرَضَ عَلَيْكُمْ فَتَعْجِزُوا عَنْهَا فَتُوُفِّيَ رَسُولُ اللهِ r وَاْلأَمْرُ عَلَى ذَلِكَ. رَوَاهُ الثَّلاَثَةُ.
Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kechasi, tunda chiqib, masjidda namoz o'qidilar. Odamlar u kishiga iqtido qilishdi. Tong otganidan so'ng odamlar bu haqda gapirishdi. Keyin ulardan ham ko'p to'planishdi va u zot bilan namoz o'qishdi. Tong otganidan so'ng odamlar bu haqda ham gapirishdi. Uchinchi kechada masjid ahli ko'payib ketdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) chiqib, namoz o'qidilar. Ular u zotga iqtido qildi. To'rtinchi kecha bo'lganida hatto masjidga odamlar sig'mayketishdi. Ul zot (sollallohu alayhi vasallam)bomdod namoziga chiqdilar. Namozni o'qib bo'lganlaridan keyin odamlarga yuzlandilar va:
«Sizning holingiz menga maxfiy bo'lgani yo'q. Lekin men (namoz) sizga farz bo'lib, so'ng uning adosida ojiz qolishingizdan qo'rqdim», dedilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) vafot etganlarida ish ana shu holda edi».
عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَبْدِ الْقَارِيِّ t قَالَ: خَرَجْتُ مَعَ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ t لَيْلَةً فِي رَمَضَانَ إِلَى الْمَسْجِدِ فَإِذَا النَّاسُ أَوْزَاعٌ مُتَفَرِّقُونَ يُصَلِّي الرَّجُلُ لِنَفْسِهِ وَيُصَلِّي الرَّجُلُ فَيُصَلِّي بِصَلاَتِهِ الرَّهْطُ فَقَالَ عُمَرُ: إِنِّي أَرَى لَوْ جَمَعْتُ هَؤُلاَءِ عَلَى قَارِئٍ وَاحِدٍ لَكَانَ أَمْثَلَ ثُمَّ عَزَمَ فَجَمَعَهُمْ عَلَى أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ ثُمَّ خَرَجْتُ مَعَهُ لَيْلَةً أُخْرَى وَالنَّاسُ يُصَلُّونَ بِصَلاَةِ قَارِئِهِمْ قَالَ عُمَرُ: نِعْمَ الْبِدْعَةُ هَذِهِ وَالَّتِي يَنَامُونَ عَنْهَا أَفْضَلُ مِنِ الَّتِي يَقُومُونَ يُرِيدُ آخِرَ اللَّيْلِ وَكَانَ النَّاسُ يَقُومُونَ أَوَّلَهُ.
Abdurrohman ibn Abdin Qoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:
«Umar ibn Hattob (roziyallohu anhu) bilan Ramazon kechalarining birida masjidga chiqdim. Qarasak, odamlar guruh-guruh bilan tarqoq hollarida: kimdir o'zi namoz o'qimoqda, kimdir namoz o'qisa, bir necha kishi unga iqtido qilmoqda. Shunda Umar:
«Menimcha, anavilarni bir qori(orti)ga jamlasam, yaxshi bo'ladi», dedi. So'ngra, ularni Ubay ibn Ka'bning ortidan jamladi. Keyin, boshqa bir kechada men yana u bilan chiqqanimda odamlar qorilarga iqtido qilib namoz o'qishar edi. Umar:
«Bu qanday ham yaxshi bid'at! Bu vaqtda uxlab yotganlaridan ko'ra, qoim bo'lganlari afzal», dedi. Kechaning oxirida, demoqchi. Odamlar kechaning avvalida qoim bo'lishar edi»(Imom Buxoriy rivoyati).
Hazrat Umarning bu ishlariga sahobalardan va musulmon ummatidan biror kishi ham qarshi chiqmagan.
عَنِ الْعِرْبَاضِ بْنِ سَارِيَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ r: فَعَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الْمَهْدِيِّينَ الرَّاشِدِينَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِِذِيُّ.
Irboziy ibn Soriyadan rivoyat qilinadi:
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):
«Mening sunnatimni va mendan keyin roshid xalifalarning sunnatini lozim tuting», dedilar»(ImomAbu Dovud va Termiziy rivoyati).
Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)dan hazrat Umarning qilgan bu ishlari haqida so'ralganida:«Taroveh sunnati muakkadadir. Uni Umar o'zidan chiqargan emas. U bu ishda bid'atchi emas. Uning asli bor bo'lgani uchun amr qilgan. Bu haqda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)dan ahd bo'lgan», deganlar.
Taroveh namozi Ramazonda, xufton namozidan keyin vitr namozidan oldin o'qiladi. U yigirma rakatdan iboratdir.
عَنْ يَزِيدَ بْنِ رُومَانَ t قَالَ: كَانَ النَّاسُ يَقُومُونَ فِي زَمَانِ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فِي رَمَضَانَ بِثَلاَثٍ وَعِشْرِينَ رَكْعَةً.
Yazid ibn Rumon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:
«Odamlar Umar ibn Hattobning zamonida yigirma uch rakat ila qoim bo'lar edilar».
Bundan yigirmasi taroveh, uchtasi vitr.
Taroveh yigirma rakat bo'lishiga sahobalar, tobeinlar, ulardan keyingi avlodlar va barcha fiqhiy mazhablarning imomlari ittifoq qilganlar.
Har to'rt rakatdan keyingi o'tirishni
«tarviyha» deyiladi va uning ismidan taroveh namozining nomi olingandir. Ushbu o'tirish paytida har yurtning odamlari o'zlariga odat bo'lib qolgan tasbih va tahlillar o'qishadi.
Mir Arab madrasasi
T. Sayliyev to'pladi.
Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilib, qo‘lning bosh barmog‘i quloqning yumshog‘iga yetkaziladi va "takbiri tahrima" aytib, namozga kiriladi. Qo‘llar ko‘tarilganda kaftning ichki tomoni qiblaga qaratilib, barmoqlar biroz ochilgan holatda bo‘ladi.
Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilishi haqida bir qancha hadislar kelgan:
Voil ibn Hujr roziyalloxu anhu: "Men Nabiy sollallohu alayhi va sallamni namozga kirishda takbir aytib, qo‘llarini ko‘tarib, quloqlari barobariga ko‘targanlarini ko‘rdim", dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Anas ibn Molik roziyalloxu anhu rivoyat qilgan hadisda: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozga kirishda takbir aytib, so‘ngra ikki qo‘llarini ko‘tarib, bosh barmoqlarini quloqlariga barobar qilar edilar" (Imom Hokim va Imom Doraqutniy rivoyatlari).
Ulamolarimiz: “Hadislarda kelgan "qo‘lni quloq barobariga ko‘tarish”dan maqsad uni quloqqa tekkizishdir, chunki quloqning yumshog‘iga qo‘l tegishi qo‘lning quloq barobariga ko‘tarilganining aniq belgisidir”, deganlar. Bu haqda “Raddul Muhtor”, “Lubob fiy sharhil kitob”, “Fatavoi Qozixon”, “Sharhul Viqoya”, “Majma’ul anhur” shu kabi bir qancha mo‘tabar fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan.
Uychi tuman "Xizirobod" jome masjidi
imom-xatibi Sherzod Rahimov
Manba: t.me/softalimotlar