frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Zalolatga boshlovchi zamonaviy zohiriylar...

25.07.2022   1844   19 min.
Zalolatga boshlovchi zamonaviy zohiriylar...
 

Internetning o'zbek tilidagi maydonida o'rta asrlardan beri Islom dinini yot g'oyalardan saqlashga xizmat qilib kelayotgan moturidiya ta'limotiga tosh otayotgan, muborak dinimiz ta'limotini soxta talqin etish orqali nizo, tortishuv va ixtilof chiqarishga urinayotganlar ko'payib qolgan.

Diniy masalalardagi ixtiloflar o'ta hassos ekanini e'tiborga olsak, dindosh­larimizni hanafiylik mazhabi va mo­turidiya aqidasi ta'limoti, aksar ula­mo­larning ilmiy qarashlari asosida diniy ixtiloflardan ogohlantirish va  ulardan asrab-avaylash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Har qanday ixtilof isloh etish yoki vayron qilish xususiyatiga ega. Ko'p ulamolar sahobalar, tobeinlar, musulmonlarning ehtiromiga sazovor bo'lgan to'rt fiqhiy mazhab ixtilofi misolida tabiiy ixti­loflar yaxshi niyat va urinish oqibatida kelib chiqishi hamda yaxshilik bilan tugashini ta'kidlaydi. Ammo buzg'unchi maq­sadlarda, sun'iy ravishda keltirib chiqarilgan ixtiloflarga vaqtida chora ko'rilmasa, tomonlarning tajovuzkorligiga sabab bo'lishi, to'g'ri­dan-to'g'ri zo'ravonlik darajasiga etishi mumkin.

Diniy asosdagi ixtiloflarni shartli ravishda muayyan dinga e'tiqod qiluvchi shaxs yoki guruhlar o'rtasida aqida, sha­riat, amallarni bajarish, muqaddas man­balardagi ko'rsatmalarga tayanish va boshqa masalalarda keskin munozarali ho­latlarning yuzaga kelishi deb tasniflash mumkin.

Islom dinida ixtilof chiqarish o'zlari­dan boshqa musulmonlarni xatokorlikda, bid'at va zalolatda, Qur'on va sunnatni tark etishda ayblashda aks etmoqda. Jum­hur ulamolar ixtilof chiqarayotgan toifa­larning ko'zga yaqqol tashlanadigan bel­gisi bemazhablik ekanini qayd etadi. Ulamolar ixtilof  chiqarayotganlar Abu Sulaymon Asbahoniy Zohiriy (883 y. v.e.) tomonidan ta'sis etilgan, “Zohiriya mazhabi” nomini olgan huquqiy maktab tarafdorlari singari Qur'on va hadislarning faqat zohiriga (yuzaki ma'nolariga) amal qi­lishlarini ta'kidlashadi.

“Zohiriylar” huquqiy amaliyotda Qur'on va sunnatni aynan tushunish va talqin qilishni tan olganlar. Ular Qur'on mat­nidagi yashirin (majoziy) ma'noni rad etib, uni majoziy talqin etib bo'lmaydi, deb hisoblaganlar. “Zohiriylar” usulul fiqh (huquq asoslari) ilmiga oid masa­lalarda mantiqiy usullar (ra'y, istihson va b.)dan foydalanishga keskin qarshi edi.

Yuqoridagi sabablarga ko'ra, ulamo­lar bugungi zamonda ixtilof chiqarayot­ganlarni “yangi zohiriylar” deb ham ata­shadi. Ixtilofchilarga xos xususiyatlar quyidagicha:

– Qur'onda majoziy ma'nolarda kelgan oyatlarni qanday bo'lsa, shunday tushunish va rioya etish, Qur'ondagi umumiy ko'rsatma ma'nosida kelgan oyatlar bilan buyruq sifatida kelgan oyatlarni buzib talqin etish, oyat va hadislarni tushunishda sirtqi ma'nolariga yopishib, harfma-harf tahlil qilish hamda matnlarning ortidagi maqsad va hikmatlarni e'tiborga olmaslik;

– ma'naviy kamolot, ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, bilim olish, muhtoj­larga yordam berish, olim-ulamolarni hurmat qilish kabi asl islomiy qadriyat­larga e'ti­borsizlik qilish va rioya etmaslik, asosiy e'tiborni shaklga, masalan, tartibsiz soqol qo'yish va o'z nazdlarida go'yoki islomiy hi­soblanadigan libos kiyishga, shuningdek, suratga tushish, televizor ko'rish, davlat va xalq bayramlarini nishonlashni man etish kabilarga qaratish;

– o'z fikrini to'g'ri deb hisoblab, g'uluvga ketish hamda fikrlariga qo'shilmaganlarga nisbatan o'zlarining “bid'atzalolat”, “zalolatdo'zax” qoidalari asosida keskin murosasiz munosabatda bo'lish;

– o'zlaridan boshqa barcha musulmonlarni “fosiq”, “bid'atchi” yoki “kofir”ga chiqarish, din, mazhab va boshqa masalalarda beparvo bo'lish;

– o'tgan ulug' ulamolarni tanqid qilish orqali o'zlarini ularning o'rniga qo'yishga harakat qilish;

– bugungi kun voqeligi, tarixiy va ob'ek­tiv qonuniyatlarni tushunmaslik va tan olmaslik, masalan, barcha musulmonlarni birlashtiruvchi yagona xalifalik qurish kabi xom­xayolni mutaassiblik bilan ilgari surish.

Ixtilof chiqarayotganlarning Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekistonda buzg'unchilik ishlari qatorida quyidagilarni keltirish mumkin:

– Imom Abu Hanifa va Imom Moturidiy rahimahumalloh haqida tanqidiy fikrlar tarqatish, rasmiy diniy idora va masjidlarda ishlaydigan ulamolarni “saroy mullalari” deb masxara qilish;

– hanafiylik mazhabi ta'limotiga zid ravishda namozda “omin” lafzini ovoz chiqarib aytish, oyoqlarni kerib turish, namozda rukuga borayotganda va undan qaytayotganda ikki qo'lni ko'tarish orqali tafriqa chiqarish, sunnat namozlarni masjidda o'qimaslik, namozdan keyin jamoat bilan duo qilishni, qabristonda yoki o'tganlarga atab tilovat qilishni “bid'at” deb e'lon qilish;

– dunyoviy hayot kechirayotgan fuqarolarni, ayniqsa, davlat boshqaruv organlari xodimlarini ommaviy ravishda “kufr”da ayblash va shu kabilar.

Islomda dinni odamlarga qiyin qilib tu­shuntirish va og'ir talablar bilan cheklash, maz­kur masalada ixtilof chiqarish man etilgan. Anas ibn Molik roziyallohu anhu­dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Ra­sululloh sollallohu alay­hi va sallam“Oson­lashtiringlar, qiyinlash­tirmang­lar, xotirjam qilinglar, bezdirmanglar”, dedilar (“Sahihul Buxoriy”, 6125-hadis).

Jumhur ulamolarning ilmiy manbalarida, jumladan, marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning asarlarida  (“Ixti­loflar, sabablar, echimlar”, 38–64, 227–293- betlar) ixtilof chiqarayotganlarning namoz va boshqa masalalardagi da'volari Islom ta'limotiga zid ekani muqaddas manbalar, ahli sunna val jamoa aqidasi hamda hana­fiylik ta'limoti asosida mustahkam hujjat va dalillar bilan isbotlab berilgan.

Ulamolar dinda ix­tilof chiqarayotgan­lardan saqlanish uchun sunniylik yo'nali­shi va hanafiylik mazhabi ahkom­larida mah­kam turish, mutaassib va ekstre­mistik g'oya­larga berilmas­lik zarurligi­ni ta'kidlay­di va ixtilofchi­larning ja­miyatga buzg'unchi ta'siridan saqlanishda quyidagilarni tavsiya qiladi:

– har bir musulmon ahli sunna val jamoa­da bo'lishi;

 dinni o'rganishda solih musulmon ajdodlar izidan borish;

 ulamolarni hurmat qilish va ularga ergashish;

 farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish;

 turli buzg'unchi toifafirqa va guruh­lardan ehtiyot bo'lish;

 kishilar o'rtasida ahil-inoqlik va do'stlikni mustahkamlash;

 din, Vatan va xalq foydasi uchun xizmat qilish;

 ixtiloflardan chetda bo'lish.

Tarixdan ma'lumkiqaysi xalq yoki ja­miyatda ixtilof va o'zaro nizolar avj olsa, ular katta fitnalarni keltirib chiqargan hamda ushbu o'lka zaiflashiboxir-oqibat muqarrar tanazzulga yuz tutganAksinchaoshkora va botiniy fitna va ixtiloflarga qarshi ilmadolat va birdamlik bilan qarshi turgan yurtlar barqaror rivojlanibdunyo hamjamiyatida o'zining munosib o'rni­ni egallagan.

Shu nuqtai nazardanmusulmonlar aqida, shar'iy amallarni ado etish masalalarida ulamolarimizga ergashishlarijamoadan ajralmasliklario'zlarini buzg'unchi toi­falar ta'siriga tushibdiniy mavzularda nizo va tortishuv chiqarishdan tiyishlariixtilofli masalalarning echimini jumhur ulamolarning Qur'on va sunnatmoturidiya aqidasi asosida yozilgan asarlaridagi tah­lillardan, huj­jat-dalillardan topishlari to'g'ri yo'l hisoblanadi.

O'tkir HASANBAYeV

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugungi e’tibor – ertangi natija

17.08.2026   7762   1 min.
Bugungi e’tibor – ertangi natija

Istiqlolimizning 35 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirokida Quvasoy shahrida xayriya tadbir o‘tkazildi. Unda 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar hadya qilindi.

Tadbirda farzandlar uchun munosib sharoit yaratish ezgulikning eng go‘zal ko‘rinishlaridan biri ekani, bugun yosh avlodning bilimi va kamoli uchun qilingan har bir xayrli amal ertangi kun taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar, shuningdek, Buvayda tumanidagi «Katta mahalla» masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etildi. Unda ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlaridan 70 nafariga maktabda ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari tarqatildi. Bolajonlar mustaqillik bayrami hamda boshlanajak yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.

Ilm va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar Farg‘ona shahridagi "Xo‘jamberdiboy", So‘x tumanidagi "Sulton Mahmud" masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etilmoqda.

O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Bugungi e’tibor – ertangi natija Bugungi e’tibor – ertangi natija Bugungi e’tibor – ertangi natija Bugungi e’tibor – ertangi natija
Yangiliklar