O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli qaroriga muvofiq, joriy yil 1 noyabridan boshlab fuqarolarga “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishga oid xizmatlarni ko'rsatish faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan (https://t.me/uzbektourismofficial/12498) edi.
“Umra” ziyoratiga borishda qarorda keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda maxsus litsenziyaga ega bo'lmagan turoperatorlar xizmatidan foydalinishda ogoh bo'lishni va keyinchalik turli ko'ngilsiz holatlarga tushib qolmaslik uchun litsenziyaga ega bo'lgan (https://umra.uzbektourism.uz/uz/umrahratings) turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlash tavsiya etiladi (https://t.me/uzbektourismofficial/12646).
Litsenziyaga ega bo'lmay “Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan shug'ullanayotgan 23 ta tadbirkorlik sub'ektiga kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha muddatlar belgilanib, ko'rsatmalar berildi.
Belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etmagan “Orzu Travel” MChJ, “Lastochka - Planeta” MChJ, “Premier Wanderlust” MChJ, "Bobissalam-Travel” MChJ "Muslim-Tour MT” MChJ, “Delta Smart Project” MChJ larning “chiqish turizmi” faoliyati bilan shug'ullanishga asos bo'lgan litsenziyalari Toshkent shahar Turizm boshqarmasining qarorlari bilan amaldagi qonunchilikka asosan 10 kun muddatga to'xtatildi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati