Haj safaridagi ziyoratchilar tashriqning uchinchi kuni tosh otish marosimini yakunlagach, Makkadagi Al Harom masjidida xayrlashuv tavofini qildilar.
Islam.ru xabariga ko'ra tavof al-vido yoki vidolashuv tavofi ziyoratchining Makkadan ketishidan oldin amalga oshiriladi va majburiy haj marosimi hisoblanadi. Ikki muqaddas masjid ishlari bo'yicha Bosh boshqarma Qirollikning haj marosimlarini osonlik bilan bajaradigan ziyoratchilarni qo'llab-quvvatlash rejalariga muvofiq o'z xizmatlarini ko'rsatdi.
Prezident Al Harom masjidi ichidagi xavfsizlik organlari bilan hamkorlikda olomonni boshqarish va tashkil qilish, shuningdek, Mataf binosining barcha qavatlarini va masjidning to'liq sig'imini tayyorlash uchun 500 nafar fuqaro xavfsizligi xodimlarini yolladi.
Prezidentning aytishicha, robot Makkadan chiqishdan oldin so'nggi haj marosimini bajarayotgan ziyoratchilarga Qur'on nusxalarini tarqatadi.
Prezidentning boshqaruv masalalari bo'yicha o'rinbosari Shayx Badr bin Abdulloh Al-Furayhning aytishicha, robot ikki tomonlama avtomatik navigatsiya tizimidan foydalanadi va odamlar va ob'ektlar bilan to'qnashuvni oldini olish uchun uch o'lchovli datchikka ega.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘chma seminar bugun respublikamizning Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida tashkil etildi. Qorao‘zak tumanidagi markaziy "Idris eshon" jome masjidida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov boshchiligida soha xodimlari, mahalla raislari va ziyoratchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, sayyor tadbirda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami tushuntirildi.
Ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarining 5 ta masjidi va 19 ta mahallasiga biriktirildi. Ular o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan 101 ta muammoli xonadonga kirib, o‘sha yerda yashayotganlarning holidan xabar oldi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va suhbatlashdi. Ularning muammolari o‘rganilib, fikr-mulohazalari tinglandi. Imom-xatiblar 10 ta toifaga mansub 101 ta oilaga ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi.
Shuningdek, masjidlar atrofida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib borish, ish yuritish, jamoani boshqarish jihatlari ham o‘rganildi.
Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan qavmga, "Tinchlik baxti. Shukronalik. Ilm olish fazilati. Yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish. Missionerlik harakatlarining salbiy oqibatlari" kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildi.
Tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy, masjid boshqaruvidagi ishlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida qoziyot qozisi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak tumanidagi "Idris eshon" masjidining yangidan qurilayotgan binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.
B.ABBAZOV,
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi