Sayt test holatida ishlamoqda!
09 May, 2025   |   11 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:11
Peshin
12:24
Asr
17:21
Shom
19:32
Xufton
20:58
Bismillah
09 May, 2025, 11 Zulqa`da, 1446

Prezident Samarqanddagi bunyodkorlik ishlarini ko'zdan kechirdi

15.07.2022   1165   3 min.
Prezident Samarqanddagi bunyodkorlik ishlarini ko'zdan kechirdi
 

Prezident Shavkat Mirziyoev 15 iyul' kuni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilinib, duo o'qildi.

Ma'lumki, bu ulug' bobomiz maqbarasi islom olami uchun tabarruk ziyoratgohlardan biri. Bugungi kunda majmua shunga munosib qilib qayta qurilmoqda. Qariyb 10 ming namozxonga mo'ljallangan masjid, to'rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxonalar quriladi.

Davlatimiz rahbari shu boradagi ishlarni ko'zdan kechirdi, ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

– Inshoolloh, bu majmua ochilganidan keyin ziyoratchilar yanada ko'payadi. Ayniqsa, nuroniylar ko'p keladi. Ular uchun barcha qulayliklarni inobatga olish kerak. Bu joy nafaqat diniy va ma'rifiy, balki ulkan madaniy markaz ham bo'lishi zarur. Shu bois eng yaxshi gulchilarni olib kelib, majmuani qishin-yozin gulzor qilib qo'yish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Butkul yangicha qiyofa kasb etayotgan majmua ziyorat turizmining yirik markazlaridan biriga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, ulardan samarali foydalanish zarurligi ta'kidlandi.

 Prezidentimiz Samarqand tumanida barpo etilayotgan Turizm markazini ham borib ko'rdi.

Bu erda 8 ta mehmonxona, kongress xoll, «Abadiy shahar» karvonsaroyi qurilmoqda. Eshkak eshish kanali tartibga keltirilib, atrofda bog' yaratilmoqda.

Umuman, ushbu majmua turizm sohasidagi barcha xalqaro standartlarga mosligi, eng zamonaviy xizmat ko'rsatish salohiyati bilan nafaqat Samarqand viloyati va mamlakatimiz, balki butun mintaqada turizm industriyasini yangi bosqichga ko'taradi.

 Davlatimiz rahbari bu erda yirik xalqaro anjumanlar o'tkazish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, xalqimizning madaniyati, ma'rifati, milliy taomlarini namoyon etish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

UzA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Juma kuni asrdan keyin

07.05.2025   2860   1 min.
Juma kuni asrdan keyin

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Juma kuni o‘n ikki soatdir. Undan qaysi soatda musulmon Allohdan biror narsa so‘rasa, Alloh taolo unga o‘sha narsani berur. Uni asrdan keyingi oxirgi soatda izlanglar", dedilar.

Solihlardan biri aytadi: "Juma kuni asr bilan shom orasida duo qilganimda Robbim duolarimni ijobat qilaverdi. Hatto Robbimdan biron narsa so‘rashga uyaladigan bo‘lib qoldim".

Fazl ibn Fazola rahimahulloh juma kuni asr namozini o‘qigach to quyosh botgunicha duo qilishdan to‘xtamas edi.