Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Hojilik maqomiga munosib bo'lish haqida suhbatlar o'tkazilmoqda

15.07.2022   1057   1 min.
Hojilik maqomiga munosib bo'lish haqida suhbatlar o'tkazilmoqda

Shu yil 14 iyul' kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida muborak haj ibodatini ado etib yurtimizga qaytish arafasidagi bir guruh ziyoratchilar bilan hojilik maqomi va unga munosib bo'lish haqida mav'iza qilib berdi.

Suhbat davomida Zayniddin domla har bir ziyoratchi ulug' haj ibodatiga etkazgani uchun Haq taologa shukronalar keltirish, hojilik maqomiga munosib bo'lish yo'lida yuksak ixlos, go'zal odob bilan harakat qilishi zarurligini aytdi.

Shuningdek, har bir haj va umra ziye‌ratini ado qilgan hojilar mashaqqat chekib qilingan ibodatlari mukammal bu‌lmog'i uchun umr bu‌i‌i harakatda bu‌lishi, jumladan, o'z yurtlariga qai‌tganda qu‌ni-qu‌shnisiga, mahallasi va qavmi-qarindoshlari oldida doimo namunali va tartib-intizom bilan u‌rnak bu‌lmog'i lozimligi, bardavom xai‌rli ishlarda, beva-bechoralar, nogironlar va kasalmand kishilardan xabardor bu‌lib, atrofdagilarga nasihat qilib, qu‌lidan kelgancha yaxshilikka buyurish, insonlar u‌rtasida totuvlikni ta'minlashga u‌z hissalarini qu‌shishlari kerakligini uqtirdi.

Bunday suhbatlar muborak zamindan vatanimizga qaytish arafasidagi barcha hojilarimiz uchun tashkil etilmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ota-onalarga xushxabar

07.05.2025   1262   1 min.
Ota-onalarga xushxabar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘min kishi va mo‘mina ayolga nafsi, farzandi va moliga musibat yetib turadi. Hattoki, ularning gunohlari qolmasdan Alloh taologa yo‘liqishadi", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Maqolalar