16-20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o'tkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan. Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida e'tirof etildi.
Hujjat BMTning oltita rasmiy tiliga – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va frantsuz tillariga tarjima qilinib, BMTning barcha a'zo davlatlar, ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.
Buxoro deklaratsiyasi ma'rifat va bag'rikenglik madaniyati g'oyalarini ilgari surish, turli din vakillarining milliy an'analarini hurmat qilish va ularning huquqlarini ta'minlash, konstruktiv muloqotni mustahkamlashga qaratilgan.
Vafot etganingizdan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilasizmi? Bir necha soat o‘tib, siz uchun yig‘layotgan odamlarning yig‘isi to‘xtaydi. Yaqin qarindoshlaringiz ham hayot tashvishlariga ovunadi.
Ko‘p o‘tmay, rahbaringiz o‘rningizga boshqa xodim topadi. Yaqinlaringiz, farzandlaringiz ishga, tirikchilik tashvishiga tushib ketadi.
Bir oy o‘tgandan so‘ng turmush o‘rtog‘ingiz ham sizni kamroq eslay boshlaydi. Ha, odam o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra tezroq unutiladi.
Modomiki, odamlar sizni shunchalar tez esdan chiqarar ekan, bu o‘lchovli umringizni kim yoki nima uchun sarflamoqdasiz? Bir umr “Odamlar nima derkin?” deb yashab o‘tmayapsizmi? Yashashdan maqsadingiz nima o‘zi?
Bir lahza tin olib, shular haqda o‘ylab ko‘ring. Bu olamga keltirilish sababingiz haqida mulohaza yuriting. Yaqinlaringizni hayotlik chog‘ida qadrlangki, vaqti yetganda qadr topasiz. Alloh taolo O‘zi rozi bo‘ladigan hammamizga mazmunli hayot, xayrli oqibat nasib etsin!
Akbarshoh Rasulov