Ayni vaqtda Makkai mukarramadagi Arofot vodiysida bo'lib turgan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Qurbon hayiti munosabati bilan haj ibodatini ixlos ila ado etayotgan 12 ming nafardan ziyod hamyurtlarimiz nomidan muhtaram Prezidentimiz va xalqimizga tabrik yo'lladilar.
Tabrikning to'liq matnini matbuotda e'lon qilinadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Qachonki Alloh taolo: "Har bir nafs o‘limning mazasini totguvchidir" (Oli Imron surasi, 185-oyat) oyatini nozil qilganida, farishtalar: "Biz nafs emasmiz, balki biz pokiza ruhlarmiz", dedilar.
Shunda Alloh taolo: "Uning ustidagi (ya’ni yerdagi) barcha narsa halok bo‘lguvchidir" (Rahmon surasi, 26-oyat)ni nozil qildi.
Shunda farishtalar: "Biz yerda emas, balki osmondamiz", dedilar.
Shunda Alloh taolo: "Undan o‘zga har bir narsa halok bo‘lguvchidir. Hukm Uning O‘zigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz" (Qasas surasi, 88-oyat)ni nozil qildi.
Shunda farishtalar Robbilariga sajda qilib: "Faqat Uning O‘zi abadiydir", deb tasbih aytdilar.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV