Hushxabar: Buxorodagi 7 ta madaniy meros ob'ekti Islom olami madaniy merosi ro'yxatiga olindi
8.07.2022
925
1 min.
Joriy yilning 3-6 iyul' kunlari ICESCO bosh qarorgohida (Marokko qirolligi, Rabot shahri) ICESCO islom olamining 10-sessiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur sessiyada Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros ob'ektlari Islom olami madaniy merosi ro'yxatiga olinib, sertifikatlar topshirilgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag'oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar ICESCO Bosh direktori Salim Al Malik tomonidan taqdim etilgan.
Zarif Komilov, O'zA
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING