Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2025   |   19 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:26
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2025, 19 Rajab, 1446

Hushxabar: Buxorodagi 7 ta madaniy meros ob'ekti Islom olami madaniy merosi ro'yxatiga olindi

8.07.2022   961   1 min.
Hushxabar: Buxorodagi 7 ta madaniy meros ob'ekti Islom olami madaniy merosi ro'yxatiga olindi

Joriy yilning 3-6 iyul' kunlari ICESCO bosh qarorgohida (Marokko qirolligi, Rabot shahri) ICESCO islom olamining 10-sessiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur sessiyada Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros ob'ektlari Islom olami madaniy merosi ro'yxatiga olinib, sertifikatlar topshirilgan.

Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag'oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar  ICESCO Bosh direktori Salim Al Malik tomonidan taqdim etilgan.

Zarif Komilov, O'zA 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

17.01.2025   5320   1 min.
Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

Cavol: Namoz o‘qiyotganimda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi. Namozim nima bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Fiqhiy qoidalarga ko‘ra namozda berkilishi shart bo‘lgan a’zolardan birining to‘rtdan bir va undan ko‘p qismi uch tasbeh (Subhanalloh) aytish muddaticha ochiq tursa, namoz buziladi. Agar uch tasbeh aytish muddatiga yetmasdan, bir qo‘lda yengil harakat bilan yopib olsa, namoz buzilmaydi. Sizdagi holat ham mana shu hukmga tushadi. Bu holatda ro‘molning o‘zi tushib ketishi yoki kimningdir tushirib yuborishi o‘rtasida farq yo‘q (“Muxtasar fil fiqhil hanafiy”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.