Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

Mino vodiysida ulamolarimiz hajning ruhiy-ma'naviy fazilatlari haqida suhbatlar qilib bermoqdalar

7.07.2022   1262   3 min.
Mino vodiysida ulamolarimiz hajning ruhiy-ma'naviy fazilatlari haqida suhbatlar qilib bermoqdalar

Bugun, 7 iyul' kuni zulhijja oyining 8-kuni hojilar mehmonxonadan ishchi guruhi va ellikboshilar rahbarligida uyushgan holatda avtobuslarda talbiya aytib Minoga etib kelishdi. Hojilarimiz Minoga kelgach: “Yo Alloh, bu Minodir. Bas, do'stlaring va ahli toatingga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in'om et!”, deya duolar o'qishdi.

Ayni paytda Minoda bo'lib turgan hojilarimiz duo, ibodat bilan mashg'ul bo'lishmoqda. Bu Payg'ambar alayhissalom sunnatlaridir. Minoda tarviya (yolg'on arafa) kunining bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlari o'qiladi.

Minoning maydoni 8 kvadrat killometr bo'lib, unda O'zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu erda hojilarimiz bemolol ibodat qilishi uchun barcha sharoitlar, xususan, erkak va ayollarga alohida chodirlar, ularda ibodat uchun barcha sharoitlar hozirlangan. Shuningdek, hojilarimiz tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chordirlarga olib kelib ulashilmokda.

Ma'lumot uchun Arafa kuni tongda ziyeratchilar avtobuslarda uyushqoqlik bilan Minodan Arafotga qarab yo'lga tushadilar.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Islom va ilm – 3-son: Kechirimli bo‘lishning salomatlikka ta’siri

19.01.2025   5501   1 min.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "... Insonlarni kechiruvchi kishilar qani? Robbingiz huzuriga keling va ajringizni oling", deb nido qilinadi.

O‘MI Matbuot xizmati