Bugun, 7 iyul' kuni zulhijja oyining 8-kuni hojilar mehmonxonadan ishchi guruhi va ellikboshilar rahbarligida uyushgan holatda avtobuslarda talbiya aytib Minoga etib kelishdi. Hojilarimiz Minoga kelgach: “Yo Alloh, bu Minodir. Bas, do'stlaring va ahli toatingga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in'om et!”, deya duolar o'qishdi.
Ayni paytda Minoda bo'lib turgan hojilarimiz duo, ibodat bilan mashg'ul bo'lishmoqda. Bu Payg'ambar alayhissalom sunnatlaridir. Minoda tarviya (yolg'on arafa) kunining bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlari o'qiladi.
Minoning maydoni 8 kvadrat killometr bo'lib, unda O'zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu erda hojilarimiz bemolol ibodat qilishi uchun barcha sharoitlar, xususan, erkak va ayollarga alohida chodirlar, ularda ibodat uchun barcha sharoitlar hozirlangan. Shuningdek, hojilarimiz tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chordirlarga olib kelib ulashilmokda.
Ma'lumot uchun Arafa kuni tongda ziyeratchilar avtobuslarda uyushqoqlik bilan Minodan Arafotga qarab yo'lga tushadilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sayidjamol domla MASAYITOV – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir”.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati