Bugun, 7 iyul' kuni viloyatda bo'lib o'tgan «Baxt» jome masjidining rasmiy ochilish marosimida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov qatnashdi.
Honaqohi keng va chiroyli bo'lib, 3 ming nafar odamni sig'diradi. Tashqi tarafidan 37 metrli minora masjidga o'zgacha ko'rk berib turibdi. Zamonaviy tahoratxonasida barcha sharoitlar hozirlangan. Shuningdek, jomening yon qismida ayollar uchun ham alohida namozxona qilingan.
— Ilk bor 1940 yili qurilgan masjid bugungi kunga kelib ta'mirtalab bo'lib qolgan edi, ayni kunda ushbu manzilda zamon talablariga mos yangi masjidni ochdik. Bu Qurbon hayiti bayrami arafasida hudud mo'min-musulmonlariga katta tuhfa va xursandchilik bo'ldi, — deydi masjid imom-xatibi Nurmuhammad domla Narzullayev.
Peshin namozidan so'ng O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov masjid qavmini yana bir yangi jome bilan muborakbod etib, muhim mavzuda ma'ruza qilib berdi. Yakunda xayrli duolar qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
00:00 Anons
00:59 Haj anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi faol qatnashdi
01:41 Hojilarga qulaylik yaratish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
02:11“Haj – 2025” ziyoratchilari uchun xizmat ko‘rsatish sohalari o‘rganildi
02:44 Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi
03:06 Ziyoratchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi
03:36 Talaba bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
04:13 Hoji – chinakam ma’naviyat targ‘ibotchisi
05:18 Har bir murojaat e’tibor markazida
05:49 Oliy madrasada yig‘ilish o‘tkazildi
06:17 "Ko‘kaldosh" madrasasida ochiq muloqot
06:55 Farg‘onadagi targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi
07:49 Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi
08:54 Viktorina: "Islom va ilm-fan"
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Jumadan_jumagacha@muslimuzportal