QADRLI va TABARRUK HOJIBOBO va HOJIONALAR! MUHTARAM HOJIAKALAR! AZIZ va QIMMATLI MYeHRIBYePOYoN OTALAR! HURMATLI va MUNIS MYeHRIDARYo ONALAR!
Bugungi yurtimizning tinchligida SIZLARNING ham xizmatlaringiz BYeQIYoS KATTA!
SIZLARNING o'z oilangiz tarbiyasidagi mashaqqatli va sharafli, og'ir va savobli, sermahsul va olijanob faoliyatlaringiz har qanday tahsinu mukofotlarga loyiq va munosib!!!
Halqimizning milliy ma'naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligini hammamiz juda ham yaxshi bilamiz. Ular oila mustahkamligini ta'minlashda ulkan va kuchli poydevor vazifasini o'tashligini ham juda puxta egallaganmiz.
Diyorimizda milliy qadriyatlar va muborak dinimizning ezgu ta'limotlari asosida oilaga doir qonun-qoidalar yanada mukammal qayta ishlandi. Buyuk ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolib kelayotgan dono xalqimizni yuksak ma'naviyatiga davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz «Jaholatga qarshi ma'rifat» qimmatbaho g'oyani qo'shimcha sifatida bizlarga engilmas kuch qilib berdilar.
Bu vazifa nafaqat biror vazifador yoki biror sohadagi mas'ullarga belgilangan, balki har bir (!) OTA UChUN, har bir (!) ONA UChUN buyuk vazifa, deb bilmog'imiz lozim!
Muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli xuruj va xamlalardan, tuxmat va bo'htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini o'nib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizga to'g'ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish vazifasi xamon dolzarb bo'lib qolmoqda.
Hozirgi davrda, axborot texnologiyalari o'ta tezkorlik bilan rivojlanayotgan bir paytda, nanotexnologiya zo'r shiddatlik bilan avjiga chiqayotgan zamonda, har xil ommaviy axborot vositalari xilma-xil, to'g'ri-noto'g'ri ma'lumotlarni kechayu kunduz tarqatayotgan bir onda, farzandlarimiz o'z-o'zlari bilan yolg'iz qolib 25 soat vaqtlarini telefon, komp'yuter bilan mashg'ul bo'lib, bolalarimiz ular bilan “band” bo'lib qolganlarida mazkur vazifalar, jannatmakon yurtimiz, muqaddas Vatanimiz, dono xalqimizning har bir fuqarosiga qushga xavo, baliqqa suv zarurligiday zarur bo'lsa kerak.
Aziz va qadrli mehribon ota-onalar!
Dono xalqimiz «yaxshini sharofati, yomonni kasofati» deb bejizga aytmagan...
Ana shu “ala kimlarning” turli xil yo'llar bilan berayotgan “tarbiya”lari dono xalqimiz dunyoqarashi va millatimiz mentalitetiga ham, Qur'oni karim oyatlari va Payg'ambarimiz alayhis salomning hadisi shariflariga ham, dinimiz ko'rsatmalari va shariatimiz hukmlariga ham, ulamolarimiz fatvolari va davlatimiz qonunlariga ham, sharqona odoblarimiz va mazhabimiz me'yorlariga ham, jamiyatshunoslik aloqalari va odamgarchilik munosabatlariga ham, insoniy tuyg'ular va ruhshunoslik sir-asrorlariga ham, yurtimiz urf-odatlari va o'zbekchilik qoidalariga ham, madaniyatimiz axloqlari va insoniy aqlga ham, axloqiy norma va dono xalqimiz maqollariga ham, milliy an'analarimiz va diniy qadriyatlarimizga ham, xalqimiz ongi va musulmonchiligimiz asoslariga ham, hamda Islom dinimiz tushunchalariga ham zid ekanligini unutmaylik!
Sizu bizlar eng to'g'ri yo'ldan, o'z ota-onalarimiz ne-ne mashaqqatlar chekib o'rgatgan yo'ldan, ota-bobolarimizdan buyuk va beqiyos meros bo'lib kelayotgan yo'ldan shakardan shirin farzandlarimizni, ne umidlar bilan o'stirayotgan, qancha orzu-havaslar bilan katta qilayotgan bolalarimizni “ala kimlardir” yana yo'limizdan ozdirib va adashtirib qo'yishmasin... Natijada farzandlarimizning o'zlari ham, oilamiz ham, qavm-qarindoshlarimizu qo'ni-qo'shnilarimiz ham, do'stlarimizu yaqinlarimiz ham, atrofdagilarimiz ham sarson bo'lib, ularning kasofatlari yashab turgan mahallamizga, ishlab turgan ishxonamiz va butun el-yurtimizga ham etmasin...
Toki xali suyagi qotib ulgurmagan yoshlarimizning beg'ubor olamiga, g'o'r ma'naviyatiga “ala kimlar” jiddiy zarar etkazib qo'yishmaslaridan oldin, o'z farzandlarimizni o'zimiz tarbiyalaylik!
Janob hazrat Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o'z hadis-shariflarida marxamat qiladilar: «Bolalaringizga odob beringlar va odoblarini chiroyli qilinglar!» Bu xususda shoirlarimizning ibratli so'zlari bor:
«Birinchi g'ishtni qiyshiq qo'yarkan me'mor,
Osmonga etsa ham, qiyshiqdir devor».
Oilada erning mavqei balandligi, xotin ham o'z xaq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishlarini olaylik. ...Ko'p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu milliy va diniy qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan o'zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema'ni xurujlar ko'payib, ularning inson va jamiyat hayotiga salbiy ta'sirlari misli ko'rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Shuning uchun barchamiz ko'zimizni kattaroq ochib, ziyraklik va ogohlik bilan bunday xamlalarga qarshi kurashmog'imiz lozim.
Dinu xalqimiz uchun ertayu-kech xizmat qilayotgan Muhtaram Prezidentimizning “Jaholatga qarshi ma'rifat” oltindan qimmat g'oyalarini barpo etish maqsadida har birimiz oilamiz a'zolarini HIDOYaTga chorlashda, xonadonimizni ISLOM NURI bilan munavvar qilishda, har bir mo''min va MO'MINALARga ma'rifat ulashishda SIZLARNING hissalaringiz juda ham ko'p va sarbaland bo'lishida hech qanday shubhamiz yo'q.
Muftiy hazratlarining boshchiliklarida Diniy idoramiz tizimidagi katta-kichik xodimlarining axborot vositalari orqali rang-barang va xilma-xil chiqayotgan dolzarb va kerakli ma'lumotlaridan serma'no, sermahsul, mazmunli va unumli foydalanib, har bir ota, har bir ona o'z farzandiga odob-axloq namunalarini, kindik qoni to'kilgan mislsiz Vataniga – vatanparvarlik his-tuyg'ularini, bobo-buviga – ehtirom-hurmatni, ota-onaga – mehr va itoatkorlikni, oila a'zolariga – rahmdillik va mehribonlikni, o'z juft haloliga – haqiqiy muhabbat va sodiqlikni, qo'ni-qo'shnilarga – oqibat va chiroyli munosabatni, qavm-qarindoshlarga – saxovat-muruvvatni, sinfdosh-kasbdoshlarga – chin do'stlik va yordam berishni, atrofdagi barcha odamlarga – insonparvarlik va samimiylikni, xayvon-parranda-xasharotlarga – rahm-shafqatni uqtirib, yuqtirib, tushuntirib, singdirishimiz – ham burchimiz, ham qarzimiz, ham farzimizdir!Hudoni oldida ham, bandasini oldida ham, yurt-xalqimiz oldida ham!
Bularni hammasini o'z farzandlarimizga o'rgatish uchun bizlarga hech qanday diniy ta'lim ham, biror-bir maxsus oliy ma'lumot ham, tegishli sertifikat ham, hech kanday qizil diplom ham kerak emas! Aslo! Mutlaqo kerak emas! Yoshlarimizda bu jihatlarini biz uyg'otishimiz (!) kerak xolos. Zero shu sifatlarning hammasi farzandlarimizning qonida bor, ularning xamirturushlarida bor! Zero shu fazilatlarning hammasi bolalarimizning DNK larida mavjud! Chunki bu xususiyatlarning barchasi bizlarning ota-onalarimizdan avloddan-avlodga, qondan-qonga tarbiya (!) orqali o'tib kelayapdi! “Buning qonida bor-da o'zi!” deb yoki “olma pishsa, tagiga tushadi” deb bejizdan-bejiz aytmaydi dono xalqimiz!
Elimiz tanigan, xalqimiz ardoqlagan, mo'min-musulmonlarimiz boshiga ko'targan, yurtimiz imomlari e'zozlagan, din peshvolarimiz tan olgan, xalqaro miqyosidagi ulamolar tanigan imom-domlalarimizning ma'ruza-maqolalari qancha ko'p oilaga kirib borsa, shuncha ko'p odam Qur'oni karim tafsiri, Hadisi sharif sharhi, aqida, fiqh masalalaridan bahramand bo'lishlari hamda boshqalarning “darslari”ga aldanib, yot g'oyalar va botil iddaolarga berilmasdan, muqaddas dinimiz ko'rsatgan yo'llardan yurishlari – xar birimizningulkan yutug'imizdir!
Chunki mazkur imom-domlalarimizning ma'ruza-maqolalarida ulug' ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari, buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari, mehribon ota-onalarimizdan o'rganib kelayotgan gavhar o'gitlari va mislsiz so'zlari, elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan ta'lim olib kelayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari, jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz ta'lim maskanlarida taralayotgan durdan a'lo fanlar va beqiyos bilimlar uzluksiz va davomli yoritib boriladi.
Shuning uchun ham bizning gazeta va jurnallarimizdagi hamda yuqorida katta va o'zgacha hurmat va ehtirom ila tilga olingan muhtaram va hurmatli imom-domlalarimizning ma'ruza-maqolalaridagi ma'lumotlar ma'naviyat va ma'rifat yo'nalishiga hamda tarbiya sohasiga daxldor har bir inson uchun, har bir (!) MYeHRI BYePOYoN OTA UChUN, har bir (!) MYeHRI DARYo ONA UChUN beqiyos entsiklopedik manba bo'lib xizmat qiladi.
"Jaholatga qarshi ma'rifat" bebaho g'oyani "Hidoyat" jurnali, "Islom nuri" gazetasi va "Mo'minalar" jurnallarimiz orqali ham, bag'oyat ehtirom bilan, hurmat ila zikr etilgan imom-domlalarimizning ma'ruza-maqolalari bilan ham ancha ta'sirli va unumli amalga oshirishimiz mumkinligini hammamiz juda yaxshi bilamiz.
Buning uchun nafaqat o'zimiz foydalanishimiz, balki atrofdagilarimizni ham targ'ib etishimiz – ham farzimiz, ham qarzimiz, ham burchimiz bo'lishi darkor!
Iloho o'zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz O'zi buyurgan, Janob Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam tavsiya etgan, o'tmishda o'tganlarimizni ro'hlari shod bo'ladigan, xalqimiz xursand bo'ladigan, ota-onalarimiz rozi bo'ladigan yo'llardan yurishimizni nasib etsin!
Makkai mukarrama,
06 iyul' 2022 yil.
Ibrohimjon INOMOV
O'zbekiston musulmonlari idorasi
raisi o'rinbosari
#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi.
Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.
Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati