Misr Avqof vaziri Muhammad Muxtor Juma «30 xalqaro Qur'oni Karim musobaqasi»ning to'rt hakami nomini e'lon qildi. Bu haqda Al-Fajr nashri xabar berdi.
Ushbu musobaqa 2023 yil 23 dekabr' kuni Dorul-Qur'onda, Misrning Ulug' masjidida va Islom madaniyat markazida o'tkaziladi. Mazkur musobaqada O'zbekiston nomidan Mir Arab o'rta maxsus Islom bilim yurti talabasi Mirabbos qori Mirboboyev qatnashadi.
Musobaqani quyidagi hakamlar baholab borishadi:
Musobaqa g'oliblarini qimmatbaho sovg'alar va esdalik hadyalar kutmoqda.
Bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Malayziyaning Tun Xusseyn Onn nomidagi davlat universiteti huzuridagi Islomshunoslik instituti rahbari Xairun Nizam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mehmonlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov qabul qildi va tashrif bilan qutlab, Diniy idora faoliyati, bo‘limlari, xususan, Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi haqida aytib o‘tdi.
Mehmonlar so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy, turizm va boshqa sohalarda bo‘layotgan yangilanishlarni e’tirof etib, Islom sivilizatsiyasi markazi, qayta bunyod etilib, yanada chiroy ochgan Imom Buxoriy majmuasi, Mir Arab, Imom Moturidiy, Imom Termiziy va boshqa diniy oliy ta’lim maskanlari tashkil etilganidan mamnun bo‘lganliklarini aytib o‘tishdi.
Uchrashuvda ta’lim-fan, ilmiy tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik qilish, ilmiy-ma’rifiy tajriba almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalari haqida so‘z bordi.
Yakunda tomonlar bir-birlariga muvaffaqiyat tilab, esdalik uchun suratga tushib, esdalik hadyalari almashishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati