Mamlakatimizda so'z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan demokratik islohotlarni amalga oshirishda faollik ko'rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yaratuvchilik va yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targ'ib etishdagi katta xizmatlari, soha uchun malakali professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:
«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan
Maksudov Muxammadjon - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori Matyakubova Nazira Toxtabayevna - Qoraqalpog'iston Respublikasi «Qoraqalpog'iston tongi» gazetasi bosh muharriri Toshev Farmon Isxakovich - Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri |
«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Hudaykulov Muxtar - O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Sheraliyev Raxmatilla - Toshkent viloyati «Chirchiq tongi» gazetasi bosh muharriri |
«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan
Abasxanov Rixsiboy Abdilazizovich - «Yog'du» nashriyoti bosh muharriri Amirova Shaxnoz Hatamovna (Shahnoza G'aniyeva) - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali loyiha boshlovchisi Eshonkulov Nazar Saliyevich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O'zbektelefil'm» davlat muassasasi direktori o'rinbosari – bosh muharriri |
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Djurayeva Ranoxon Gafurovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi Ivanova Anna Vital'evna - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi Karimova Hatichaxon - Farg'ona viloyati «Oydin» gazetasi bosh muharriri Malikov Erkin - «Hilol» nashriyoti muharriri Tursunova Mavjuda Hafizovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi Shodiyev Maxamadjon Maxmudjonovich - «Ovozi tojik» gazetasi bo'lim muharriri |
«Do'stlik» ordeni bilan
Abdullayeva Tat'yana Samugovna - «Sharq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasining ofset bosma tsexi musahhihi Ayxodjayeva Aziza Sadenovna - «Nurlie jol» gazetasining qishloq xo'jaligi va iqtisodiyot bo'limi mudiri Alimov Chori - Qiziriq tumani «Taraqqiyot» gazetasi bosh muharriri, Surxondaryo viloyati Jumaniyazova Halima Taganovna - Amerika Qo'shma Shtatlarining N'yu-York shahri «Makonim» gazetasi bosh muharriri o'rinbosari Karimova Shaxzoda G'opporovna - Baliqchi tumani «G'alaba» gazetasi bosh muharriri, Andijon viloyati Li Sergey Alekseevich - «Narodnoye slovo» gazetasining iqtisodiyot bo'limi muharriri Magdiyev Baxodir Kabul-Kariyevich - «Oriat» teleradiokompaniyasi» mas'uliyati cheklangan jamiyatining «Oriat Dono» radiosi boshlovchisi Martsenyak Valentina Viktorovna - «Ishonch-Doveriye» gazetasi mas'ul kotibi Mirzaaxmedov Murabas - «Milliy» telekanalining «Otalar so'zi – aqlning ko'zi» ko'rsatuvi boshlovchisi Samatov Faxriddin Umirkulovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanali «Assalom, O'zbekiston!» studiyasi mas'ul kotibi Safarov Mamadamin Abdug'apparovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o'rinbosari Haydarova Dilbarxon - Namangan viloyati «Murabbiy» gazetasi bosh muharriri |
II darajali «Sog'lom avlod uchun» ordeni
Seydanova Lala Almuratovna - Qoraqalpog'iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Qoraqalpog'iston» telekanali ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharriri Hamidova Muxabbat Maxmudovna - «Gulxan» jurnali bosh muharriri o'rinbosari |
«Sog'lom turmush» medali bilan
Karimov Zaxid Baxrimuratovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» teleradiokanali» davlat muassasasi direktori |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Aliqulova Gulchexra Timurovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri Mamadaminov Almurat Mamatkulovich - O'zbekiston Milliy axborot agentligining fotoaxborot tahririyati fotomuxbiri Raxmanberdiyev Javdat Karimberdiyevich - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati Media-markazi bosh mutaxassisi Saidov Komiljon Saipdjanovich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha markazi boshlig'i Hodjaaxmedov Sunnat Abdullayevich - «O'zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasi muharrirlar bo'limi boshlig'i Hojiyev Farxod Jumabayevich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali guruh bosh muharriri Sharasulov Shamaxmut Shakarimovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» teleradiokanali» davlat muassasasi rejissyori |
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Boxodirov Sarvarbek Sanjarbek o'g'li - «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» dasturi boshlovchisi Ubaydullayev Hikmatilla Shuxratilla o'g'li - Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi rahbari |
«Shuhrat» medali bilan
Adilov Ulug'bek Shaxarbayevich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i Allayev Firuz Abdunasimovich - Toshkent shahridagi «Asaxiy books» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Asrorov Ulug'bek Holboyevich - «Yangi O'zbekiston» gazetasi tahririyatining ijtimoiy-siyosiy hayot va huquq bo'limi mudiri Bobodo'stov Fayzulla Murodovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri Buriyeva Hulkar Turakulovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali suxandonlar guruhi suxandoni Igamberdiyeva Farida Burikulovna - «Darakchi.uz» internet ommaviy axborot vositasi bosh muharriri Islomov Nizomjon Ilhom o'g'li - «Aniq.uz» veb-sayti muharriri Kurbanov Shuxratbek Ravshanbekovich - «Kurbanoff.net» blogi administratori Musayeva Nargiza Abdullayevna - Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining Bo'ka tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Toshkent viloyati Nugmanov Bekzod Alimovich - Toshkent shahridagi «Media News» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori o'rinbosari Pulatov Abrorjon Masutovich - «Avtoradio» radiostantsiyasi ta'sischisi Turdibayev Olimjon Aripdjanovich - «UzReport» mas'uliyati cheklangan jamiyatining «UzReport TV» telekanali bosh muharriri Hudaykulova Zilola Raxmatovna - Buxoro viloyati «Istiqlol-TV» teleradikompaniyasi bosh muharriri Shadrin Konstantin Mixaylovich - Toshkent shahridagi «Kolorpak» mas'uliyati cheklangan jamiyati dizayneri |
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev
Davlatimiz rahbarining shu yil 14 martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda dunyoning o‘ttizga yaqin davlatidan muftiylar, islomshunos va dinshunos olimlar, diniy-ma’rifiy soha vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi Ilhom Ma’rupov konferensiya va uning doirasidagi tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
– Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha puxta o‘ylangan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi I.Ma’rupov. – Ushbu ezgu ishlarning uzviy davomi sifatida 2025 yil 29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.
So‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida O‘zbekistonda moturidiyshunoslik ilmiy maktabi shakllandi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Konferensiyaning ahamiyati va dolzarbligi haqida gapirganda bugungi kunda quyidagi omillar Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini chuqur o‘rganishni taqozo etayotganini alohida qayd etish lozim:
– muqaddas islom dini niqobi ostida faoliyat yuritayotgan radikal guruhlar harakati kuchayib borayotgan bugungi sharoitda xalqaro maydonda Imom Moturidiy ta’limotini o‘rganishga e’tibor oshmoqda;
– moturidiylik maktabining bag‘rikeng g‘oyalari, asrlar davomida mintaqamiz xususiyatlariga mos holda shakllangan insonparvar ta’limoti radikalizmga qarshi kurashning ta’sirchan va samarali vositasi sifatida baholanmoqda.
Konferensiya 3 ta shu’bada faoliyat olib boradi:
Birinchi shu’ba “Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosining islom ilmlari rivojidagi o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Imom Moturidiy, moturidiy allomalari va izdoshlari hayot yo‘li, Movarounnahr kalom ilmi maktabi rivojlanish tarixi haqida bahs-munozaralar, ilmiy muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi shu’ba “Moturidiylik ta’limotida umuminsoniy qadriyatlar talqini” mavzuida bo‘lib, u Moturidiylik ta’limotida ilgari surilgan g‘oyalar, jumladan, bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat nazariyalarining shakllanishiga oid munozaralarni o‘z ichiga oladi.
Uchinchi shu’ba “XXI asrda moturidiylik ta’limotining ahamiyati” mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, u Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosida ko‘tarilgan mavzularning bugungi kundagi dolzarb muammolarni hal qilishdagi ilmiy va nazariy ahamiyatiga oid bahs-munozaralarni qamrab oladi.
Anjuman yakunida Imom Moturidiy ilmiy merosi va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha nufuzli olimlarning taklif va tashabbuslari asosida yakuniy deklaratsiya qabul qilinadi.
Bugun anjuman qatnashchilari uchun Samarqand shahridagi muqaddas qadamjolar va tarixiy-madaniy yodgorliklarga sayohat ko‘zda tutilgan.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (video), O‘zA muxbirlari