frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Biz islom bilan aziz bo'ldik, fitna bilan emas!

25.06.2022   1705   5 min.
Biz islom bilan aziz bo'ldik, fitna bilan emas!

Imom Daynuriy, Toriq ibni Shahobdan rivoyat qiladilar:

Shom fath qilindi. (Shom o'lkasi hozirgi Suriya, Falastin va Iordaniya erlarining hammasini jamlagan katta bir hudud bo'lgan.) Bu erlar azaldan boy erlar deyilgan. Boyligining birinchi sababi ko'hna madaniyatlarning ko'pligidir. Falastin erlariga borgan kishi besh ming yillik qadriyatlarning ufurib turganini his qiladi. Tosh ko'chalardan yurib, Masjid ul-Aqsoning atrofini kezgan kishi ajoyib hisni sezadi. Bu erda musulmon, nasroniy hamda yahudiylar birga yashayotganini ko'rasiz.

Hozirda avj olib turgan Falastin mojarosi Masjid ul-Aqsodan etmish kilometr naridagi G'azo sektorida bo'ladi. Janjalning sababi esa boylik va boshqa ko'zlangan maqsadlardir. Aslida bu erlarning asosiy talanishining sababi ko'hna madaniyat, ko'plab payg'ambarlarning makoni bo'lganligidir.

Mana shunday erlarni o'zida jamlagan ko'hna Shom Umar ibn Hattob roziyallohu anhu davrlarida fath qilindi. Umar ibn Hattobni Shomga taklif qilishganlarida, Hazrati Umarning tuyaga o'tirgan, oyoqlarida kovush, izorlarini bellaridan pastga bog'langan, boshlarida esa salla bor edi. Shomga kirayotganlarida esa tuyalari bilan chuqur suvga kechgan payt oyoqlaridagi kovushiga suv kirmasligi uchun echib olib qo'ltiqlariga qistirilgan bir holat edi. Halifani kutib olishga chiqqan ashoblari buni ko'rib:

- Ey mo'minlar amiri! Bu nima qilganingiz? Hozir sizni Shomni fath qilgan shonli lashkaringiz qarshi oladi. Qolaversa bu erning ruhoniylari sizni kutib olishga chiqadi. Siz esa bu ahvoldasiz – dedi.

Shunda Hazrati Umar ibn Hattob roziyallohu anhu:

- Alloh taolo bizni Islom bilan izzat qilgan qavmmiz. Islom bilan aziz bo'lganmiz. Izzatni va azizlikni Alloh taoloning o'zidangina talab qilamiz, boshqasidan esa hech qachon – dedilar.

Bu ummat Islom bilan aziz bo'ldi va faqat Islom bilan bo'lsagina aziz bo'lishda davom etadi. Islom bilan yashasak, uning ruhiyatini topsak anashu haqiqiy azizlikdir.

Islomning rioyasi faqat masjidlarda, marosimlarda yoki qabristonlarda emas balki, bozorlarimizda, masjidlarimizda, ma'ruzalarimizda, uy va oilada, oldi-berdimizda ham musulmonga xos tarzda bo'ladigan bo'lsa, bizdan aziz qavmning o'zi bo'lmaydi. Musulmonlar bir-birlariga nafrat va adovat bilan emas, mehr-muhabbat ila boqsalar, fitna chiqqan mahalda aql bilan ish ko'rib, ahli ilm ustozlarni mahkam tutsak, bizdan izzatliroq qavm bo'lmaydi.

Ammo biz bugungi kunga kelib ahli ilm ustozlarni muhokama qiladigan bo'ldik. Ilmsiz avomligini tan olgan va o'zligini unutgan ayrim kimsalar ulamolarni ochiqchasiga muhokama qiladigan bo'ldilar. Bu ummatning mag'lubiyati o'z ulamolariga ergashmasdan, balki ularni muhokama qilishdan boshlanadi. Odamlar orasiga fitna solayotgan, to'g'ri yo'ldan barchani chalg'itayotganlar aynan shuni xohlashadi. Ya'ni ularning maqsadi din peshvolarining sha'nini, qadrini obro'sizlantirishdir. Ular bu yo'lda hech narsadan qaytmayapti. Har tomonlama kuchga to'lgan yosh qatlamni o'zlariga qurol qilib olishyapti. Ularni imomlariga, ulamolariga qarshi qilib qo'yishyapti. Yod g'oyalarni ularning ongiga singdirishyapti.

Bugun biz aytamizki, birovlarning qo'lida jaholat quroli bo'lib qolishdan ogoh bo'ling. Ilmingiz etmagan narsa haqida turli fikrlar chiqarishdan oldin uning asl mohiyati haqida ahli ilm ustozlardan so'rang. Tushunishga ulgurmay ahli ilm ustozlar aytgan so'zlarni o'zboshimcha muhokama qilishdan saqlaning. Fitnaning avj olishiga sababchi bo'lib qolmang. Ulamolar bir gapni gapirish uchun bu mavzuni ikir-chikiriga qadar o'rganib keyin bir xulosani bayon qilishadi.

Yaqindagina ko'tarilgan soqol va hijob masalasi ham aslida bunday avj olishi, bu ummatning faqatgina shu muammoning atrofida aylanib qolishiga sabab bo'ladigan narsa emas edi. Aslida ahli ilm ustozlar «Soqolni olib tashla» demayapti, aksincha chiroyli va tartibli qo'yish tarafdori bo'lishyapti. Qolaversa, «Hijobni ech» demayapti, burqa (niqob)dan ehtiyot bo'l degan masalani ilgari surishdi. Chunki bugungi kunda ayollarning burqasi bilan yoshlarning uzun va tartibsiz soqoli fitna kiyimiga aylanib bo'ldi. Ayol kishidagi ko'z, fitnaning makonidir. Shuningdek, burqa kiyganda asosiy nazar ham ayol kishining ko'ziga tushadi. Barcha fitnalarning boshlanishi esa nazar orqali bo'ladi. Bularning hammasini dolzarb masalaga olib chiqib, ummatni chalg'itib o'z maqsadlarini qisman uddalayotganlarga ko'makchi bo'lib qolishdan tiyiling! Muammo Islomda emas, o'zimizda. Avvalo o'zimizni isloh qilsak, qolgan hamma narsa o'z o'rnida bo'ladi. Barchangizni birdamlik va hamjihatlikka chaqirib qolaman.

 

Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy
Toshkent shahar bosh imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

27.08.2026   18700   2 min.
“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

Ispaniyaning “Orta Lectura” nashrida O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston turli nufuzli xalqaro reytinglarda hamda xorijiy davlatlarning sayyohlar uchun tavsiyalarida yuqori xavfsizlik darajasiga ega mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

World Justice Project (WJP) tomonidan e’lon qilingan “Rule of Law Index 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Tartib va xavfsizlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 143 ta mamlakat orasida 17-o‘rinni, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 15 ta mamlakat orasida esa 1-o‘rinni egalladi.

WJP indeksi 215 mingdan ortiq fuqarolar hamda 4 ming 100 nafardan ziyod huquqshunos va ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangani bilan ahamiyatlidir.

“Gallup” kompaniyasining “2025 Global Safety Report” ma’ruzasida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston aholisining 86 foizi kechasi yolg‘iz yurganda o‘zini to‘liq xavfsiz his qiladi. Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73 foizlik darajadan sezilarli darajada yuqoridir. Shu bilan birga, “Law and Order Index”ning kengroq ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatimiz 100 dan 91 ball to‘pladi.

Institute for Economics & Peace tomonidan tuziladigan “Global Peace Index 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 30 pog‘onaga yaxshilab, 163 ta mamlakat orasida 1,726 ko‘rsatkich bilan 37-o‘ringa ko‘tarildi. 2026 yilgi rasmiy hisobotda mamlakatimiz tinchlik ko‘rsatkichlari eng yuqori sur’atda yaxshilangan davlatlar qatoriga kiritildi.

AQSH Davlat departamenti “Travel Advisories” tizimida O‘zbekistonga “Level 1 – Exercise Normal Precautions” darajasini, ya’ni “Odatiy ehtiyot choralariga rioya qilish” tavsiyasini bergan. 2026 yil yanvarda yangilangan tavsiyanomada xavf darajasi oshirilmadi. Bu AQSH Davlat departamenti tomonidan xalqaro sayohatlar uchun belgilanadigan eng past xavf darajasi hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari