Mazhablar o'z imomi nomi bilan mashxur bo'ldi. Lekin bu, mazhabni “ana o'sha imomlar kashf qilgan ekanda, o'zicha mustaqil tuzgan ekanda” degan ma'noni ifoda qilmaydi. Bu imomlar Imom Abu Hanifa, imom Shofe'iy, Imom Molik, Imom Ahmad rohimahumullohlar o'zlari sohoba va tobe'inlardan meros qilib olgan ilmlarini ma'lum qoidalarga solib oddiy insonlar ham tushunishi uchun onson qilib berishdi. Bu mana shu imomlar nomi bilan namoyon bo'lgani uchun ham ularning nomini oldi va sahoba hamda tobeinlarni mazhabi ularga nisbat berildi.
Do'ktor Mustafo Hon aytadilar: “Bugungi kunimizdagi muammo bu, mazhab imomlari mazhabni o'zlari to'qib chiqarishgan degan gumon. Vaholanki voqelikda Abu Hanifa rohimahulloh o'z imomi Ibn Mas'ud roziyallohu anhuga ergashadi.
Imom Molik Ibn Umar va Ibn Abbos roziyallohu anhumolarga ergashadi, Imom Shofe'iy ham ana shu sahobalarga ergashadi. Sahobalarni Alloh taolo Muhammad Mustafo sollollohu alayhi vasallam etkazgan omonat va risolatni o'z zimmasiga olish va etkazish uchun tanlab olgan”[1].
Birorta inson inkor qilmasdan ummat juda uzoq asr mazhabni mahkam tutib keldi.
Biror-bir mazhabsiz muhaddis, mufassir yoki usuli olimni tarix zar varaqlaridan topa olmaysan. Bayhaqi, Hatib Bag'dodiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Ibn Asokir, Ibn Saloh, Suyuti, Jassos, Baydoviy, Zarkashiy, Ibn Hojib, Ibn Javziy, Ibnul Humom, Saraxsiy, Bazdaviy, Bag'oviy, G'azzoliy, Subkiy, Shiroziy, Imom Navaviy va boshqa etuk islom ulamolarining barchasi albatta biror mazhabga mansub va bir mazhabni mahkam ushlaganini ko'rasan.
Yafe'iy aytadilar: “Islom tarixiga nazar tashlagan inson albatta, to'rt mazhab yuzaga kelgandan keyin necha- necha zamon o'tsin imomlar-u sarkarda va sultonlarning bir mazgabni tutganiga guvoh bo'ladi”[2].
Mazhabni inkor qiluvchi din imomlari uning ustida bo'lib turgan narsani inkor qiluvchidir va unga ijmo bog'langan narsaga xilof qiluvchidir. Chunki, to'rt mazhabdan birini ushlash lozim ekaniga ijmo qilingan.
Dehlaviy aytadilar:” mazhabni tutish kerak ekaniga butun ummat ijmo qilgan, xossatan bizning bu nafslar shahvatga moyil bo'lib ketgan kunlarda”.
Yuqorida mazhabni ushlash nega lozim ekani borasida bir qancha sabablar sanab o'tildi, mazhablar eng mukammal sur'atda tashkil topdi, endi uni tark etishga hech qanday asosli sabab yo'qdir.
Allohning dinida ermak va o'yin qilishga yo'l qo'ymaslik uchun ulamolar mutloq ijtihod eshiklarini yopganlar. Hattoki, Jaloliddin Suyutiydek etuk olim ijtihodni da'vo qilganda unga qattiq inkor qilishgan va ijtihodini qabul qilishmagan.
Ibn Hajar Haytamiy ushbu voqeani hikoya qilib beradilar:” Jalol buni iddao qilganda ulamolar unga bir ovozdan savol yo'llashadi, ushbu savolning ikki vajhga ko'ra javobi bo'ladi. Ulamolar agar u rostdan ham ijtihod darajasiga etgan bo'lsa manashu vajhlardan rojihini yozib yuborishini aytishadi. Shunda Jaloliddin Suyuti bu savolni javobsiz yana ulamolarning o'zlariga qaytarib yuborib, juda mashg'ul ekani va bu maktubga javob yozolmasligini aytib uzur so'raydi”.
Ibn Saloh naql qilib aytadilar:” Imom Shofe'iyning asridan keyin mustaqil mujtahid topilmadi deyishadi”.
Imom G'azzoliydek ulamolar mazhabni ushlagan va ijtihod da'vosini qilmagan bo'lsa, qanday qilib Imom G'azzolini gaplarini to'g'ri tushuna olmaydigan odamlar ijtihod da'vosini qilishi mumkin?
Imom Zahabiy aytadilar:”Hozirgi kunimizda faqat shu to'rt mazhabgina qoldi, lekin shuni ham lozim bo'lganidek tushunadigan odamlar sanoqligina, mujtahid bo'lishni qo'yaver”[3].
A.Abdumavlonov Ko'kaldosh o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 4 kurs talabasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:
Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;
Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.
Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati