Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Muftiy hazrat maktab internat bolalari ko‘nglini shod qildilar

28.05.2022   1526   3 min.
Muftiy hazrat maktab internat bolalari ko‘nglini shod qildilar

Bugun, 28 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari poytaxtdagi 100-maktab internatiga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya olayotgan bolajonlar holidan xabar olib, shirin so‘z va hadyalar ila ularning ko‘nglini shod qildilar. Tashrif munosabati bilan maktab internatida o‘quvchi yoshlar, o‘qituvchilar hamda mutasaddilar ishtirokida ehson dasturxoni atrofida samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Mana shunday ko‘ngli siniq bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish har bir kishining insoniy burchi. Joriy yilda Prezidentimiz Toshkent shahridagi 102-zaif eshituvchi bolalar maktab-internatidagi bolalar qalbiga mamnunlik ulashish bilan birga yurtimizdagi shunday muassasalar sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi ham o‘tkazgan edilar.

Bugungi xayriya tadbiri ana shunday boshlangan savobli ishlarning uzviy davomi bo‘ldi. Uchrashuv avvalida maktab internat direktori Tohir Matyoqubov ushbu tashrifdan barcha, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar juda ham quvonganlarini izhor qildi.

Muftiy hazratlari Rasul alayhissalomning ko‘ngli o‘ksik insonlarga mehr ko‘rsatishga intilganlari, hatto bundaylarning duolari mustajob ekani to‘g‘risidagi ta’sirli rivoyatlar orqali ushbu dargohdagi insonlarga chiroyli suhbat qilib berdilar.

Shuningdek, muftiy hazratlari bolalar bilan ko‘rishish, dildan suhbat qurish uchun atayin kelganlarini aytib, Davlatimiz rahbari tomonlaridan amalga oshirilayotgan ishlar va bolalar bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar savobli amallar ekanini bayon etdilar. Har bir inson shunday bolalar o‘zini namoyon qilishi uchun sharoitlar hozirlashga o‘z hissasini qo‘shish kerakligi, ular o‘qishda, ishda, ijodda, ijtimoiy faoliyatda o‘zini topa olishi muhim ekaniga urg‘u qaratdilar.

Mazkur tadbir asnosida bolajonlar uchun ehson dasturxoni yozildi, maktab internatga 20 ta stol-stul jamlanmasi hamda zamonaviy SmartTV hadya qilindi. Yakunda Muftiy hazratlari ushbu bolalar kelajagi uchun va bu dargohda mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar haqiga xayrli duolar qildilar.

Ma’lumot uchun, ushbu maktab internat 1966 yil tashkil etilgan. Ayni paytda yurtimizda bunday maktab internet 3 ta joyda – Qo‘qon, Angren va Toshkent shaharlarida faoliyat yuritadi. Ushbu Respublik ixtisoslashgan maktab internetida tayanch harakatlarida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiya olishadi. Ayni paytda jami 330 nafar o‘quvchi ta’lim oladi.

Allohga shukrki, o‘lkamizda farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. Yaqinlashayotgan “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” arafasida mana shunday xayrli tadbirni o‘tkazilishi bayramga ham munosib tuhfa bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

16.07.2025   479   1 min.
“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.

Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.

U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.

Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar