frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

MO'_''TABAR ASARLAR

12.05.2022   2628   2 min.
MO'_''TABAR ASARLAR

فلينظر فيما صنّفه أبو حنيفة رحمه الله في الكلام:
وهو كتاب العالم وفيه الحُجَجُ القاهرة على أهل الإلحاد والبدعة، وقد تكلَّم في شرح اعتقاد المتكلِّمين وقرر أحسن طريقة في الرد على المخالفين.
وكتاب الفقه الأكبر الذي أخبرنا به الثقة بطريق معتمد، وإسناد صحيح عن نصير بن يحيى عن أبي مطيع عن أبي حنيفة.
وما جمعه أبو حنيفة في الوصية التي كتبها إلى أبي عمرو عثمان البتي وردَّ فيها على المبتدعين.
ولينظر فيما صنّفه الشافعي في مصنفاته فلم يجد بين مذهبيهما تباينًا بحال!
وكل ما حكي عنهم خلاف ما ذكرناه، فإنما هو كذب يرتكبه مبتدع؛ ترويجًا لبدعته.

أبو المظفر الإسفراييني الشافعي (٤٧١هـ)

Abu Hanifa roziyallohu anhuning kalom ilmi borasida yozgan «Olim va mutaallim» kitobiga qarang. Unda dinsizlar va bid'atchilarga kuchli xujjatlar keltirilgan. Mutakallimlarning e'tiqodi qay tarzda ekanini sharhlab, muxolif tomonga eng go'zal uslubda tushuncha berganlar. «Fiqhul akbar» kitobi bizga mo''tamad yo'l va sahih sanad bilan etib kelgan. Nusayr ibn Yahyo rohimahulloh Abu Muti'y al-Balxiy rohimahullohdan, u kishi Abu Hanifa roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar.
Abu Hanifa roziyallohu anhuning Abu Amr Usmon al-Battiy rohimahullohga yozgan «Vasiyat» nomli risolalarida bid'atchilarga keskin raddiyalar berilgan.
Shuningdek, Imom Shofe'iy roziyallohu anhuning yozgan asarlariga qarang. Ushbu ikki mazhab o'rtasida bir-biridan farqni topa olmaysiz!
Ushbu zikr qilganlarimizga teskari aytilgan biror gapga duch kelsangiz, bilingki u bid'atchining o'z bid'atini rivojlantirish uchun uydirgan yolg'onidir!

Abul-Muzaffar Isfiroyiniy Shofe'iy rohimahulloh (471-hij.)

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   45144   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV