Alloh taolo Abu Hanifa rohimahullohning ijtihodlarini qabul qildi va u zotni odamlarga imom qildi. Tojuddin Subkiy rohimahulloh: “Kim ummatga to'g'ri manhaj bilan imom bo'ladigan bo'lsa, u ko'prikdan oshib o'tganlardandir”, deb aytganlar. Abu Hanifa haqida (ta'na so'zlarni) gapiradiganlarning gapining ahamiyati yo'q. Kim u zot haqida gapiradigan bo'lsa, uning gapi o'ziga qaytarilgandir. Bu Zayd, Yusuf va Amr kabi uch-to'rtta odamning tazkiyasi emas, balki bularning barchasi Alloh taolo tomonidan berilgan tazkiyadir. Alloh taolo u zotni odamlarga yaxshi ko'rsatib qo'ydi va u zotning mazhabiga aksar musulmonlar amal qildilar. Natijada, ko'pchilikning ham tazkiyasiga aylandi. Endi, shunday adadning tazkiyasidan keyin bir-ikki kishilarning gapirgan gaplarining hech bir qiymati qolmaydi.
Shayx Saloh Abulhoj hafizahulloh
Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.
Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.
Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.
Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati