AQShning Florida shtati Orlondo shahridagi Al-Buxoriy Islom markazida O'zbekistonlik imom-xatiblar musofir vatandoshlarimiz bilan birga Ramazon hayiti namozini ado etishdi.
Hayit namozi asnosida ulamolarimiz manfaatli mav'iza va xayrli duolar qildilar.
Ma'lumot uchun, AQShdagi diplomatik vakolatxonamiz tashabbusi va O'zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda shu yilning 20 aprelidan 2 mayga qadar o'zbekistonlik bir guruh imom-xatiblarning Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrifi tashkil etildi.
Ushbu tashrif doirasida imom-xatiblar yurtdoshlarimiz istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan Amerikaning 6 ta shahrida bo'ldilar. Hususan, 20 aprel' kuni Vashington shahriga, 21 aprelda - Filadelfiyaga, 22 aprelda - N'yu-York, 23 aprel' kuni – Sinsinnatiga, 24 aprelda - Chikagoga, 25 aprelda esa Orlandoga tashrif buyurishdi.
Mazkur vaqt davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi vakillarining vatandoshlar, milliy diasporalar etakchilari bilan uchrashuvlari hamda mahalliy masjidlarda islom dinining qadriyatlari, radikalizmga qarshi kurashish, AQShda yashovchi o'zbek yoshlari o'rtasida ekstremistik g'oyalar tarqalishining oldini olish haqida ma'ruzalar bilan chiqishlar qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati