Prezidentimizning joriy yil 30 apreldagi “Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq barcha masjidlarda mo'min-musulmonlarning emin-erkin ibodat qilishi uchun zarur sharoit yaratildi.
Termiz shahridagi Hakim at-Termiziy nomli jome masjidi ham subhidamdan namozxonlar bilan govjum bo'ldi. O'zbekiston Musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili Aliakbar Sayfuddinov qutlug' ayyom munosabati bilan yig'ilgan musulmonlarni bayram bilan tabrikladi. Osuda, obod Vatanda tinch, xotirjam ibodat qilish uchun barcha qulayliklar yaratilgani haqida atroflicha so'z yuritdi. Ma'ruzada Ramazon hayitining fazilatlari, tarixi va ma'naviy qadriyatlariga e'tibor qaratilib, bunday tinch, to'kin hayot uchun har tong shukrona aytish lozimligi ta'kidlandi. Ehtiyojmand oilalar, keksalar va bemorlarga mehr ko'rsatishning ajru-savoblari hususida fikr yuritildi.
Ramozon hayiti amallarini bajargan yurtdoshlarimiz bir-birlarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizga tinchlik, fayzu-baraka, sog'lik, omonlik tilab duoga qo'l ochishdi. Yaqinlari va ehtiyojmandlar, bemorlar xolidan xabar olib, hadyalar ulashishga yo'l olishdi.
Viloyatda bayram munosabati bilan saxovat tadbirlari davom etmoqda.
Holmo'min MAMATRAYIMOV,
O'zA muxbiri
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV