O'mon Sultonligining etakchi “Asdo” - «Asdaa Oman» gazetasi veb-sahifasida O'zbekiston va O'mon o'rtasida dilomatik aloqa o'rnatilganining 30 yilligiga bag'ishlangan material e'lon qilindi.
Umuman, ushbu voqea mamlakat OAVda qizg'in muhokama etilib, jamoatchilik tomonidan qizg'in kutib olindi. Quyida ushbu maqolaning o'zbek tilidagi matnini keltiramiz.
O'zA xabariga ko'ra, O'mon Sultoni Haysam bin Toriq A'lo Hazratlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylaridan ikki do'st mamlakat o'rtasida diplomatik aloqa o'rnatilganiga 30 yil to'lishi munosabati bilan tabriknoma oldi.
Maktubda davlat rahbari so'nggi paytda mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabat siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda rivojlanib borayotganini ta'kidlaydi. A'lo Hazratlarining ikki do'st mamlakat va xalq manfaati, orzu-umidlari ijobati yo'lida o'zaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholaydi.
O'zbekiston Prezidenti Sulton A'lo Hazratlarini ikki tomonlama munosabatni yanada chuqurlashtirish maqsadiga yo'naltirilgan faol muloqotni davom ettirish uchun O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurishga taklif qildi. O'z navbatida O'mon etakchisi o'zaro samarali muzokara olib borilishi ko'p tomonlama va uzoq muddatli aloqalarimiz tarixida yangi bosqichni boshlab berishiga ishonishini izhor qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev o'z tabrigida A'lo Hazratlariga sihat-salomatlik, baxt-saodat va uzoq umr, O'mon xalqiga taraqqiyot, farovonlik va tinchlik tiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati