Kuni kecha, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi “Haj – 2022” delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo'nab ketgani haqida xabar bergan edik.
“Haj – 2022” delegatsiyasi Madina shahridagi yurtimiz ziyoratchilariga xizmat qilishi mumkin bo'lgan 5 yulduzli Crowne Plaza va Pullman Zamzam kabi eng zamonaviy mehmonxonlarni saralash maqsadida, ularni ko'zdan kechirmoqdalar.
Alloh nasib etsa, bu yil Madinai munavvara va Makkai mukarramada besh yulduzli va barcha qulayliklarga ega bo'lgan zamonaviy mehmonxonalar o'zbekistonlik ziyoratchilar uchun xizmat ko'rsatadi.
Muftiy hazratlari ushbu mehmonxonalar Rasul alayhissalomning jomelari bo'lmish – Masjidi Nabaviy va Harami sharif hisoblangan Baytullohga yaqin bo'lishiga juda katta e'tibor qaratmoqdalar.
Asosiy maqsad, ziyoratchilarimiz besh mahal namozlarini ushbu tabarruk masjidlarda ado etish saodatiga erishishlari, muborak safar davomida faqat rohat bilan ibodat qilishlari va duo-yu iltijolar qilishlariga erishishdir.
“Haj – 2022” delegatsiyasi ish jarayonlari va erishilgan natijalarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
O'zbekiton musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV