UZREPORT TV telekanalida "Muborak oy suhbatlari" ko'rsatuvi boshlandi. Bugungi mehmonimiz – Oʻzbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov. Tomosha qiling!
? YouTube'da ko'rish
(https://www.youtube.com/watch?v=SDmL0lrDnPA)
? Facebook'da ko'rish
(https://www.facebook.com/watch/live/?ref=watch_permalink&v=2118952714945105)
Savollaringizni @Muborak_Oy_bot orqali jo‘natishingiz mumkin.
@uzreport_uz
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Cavol: Dallollik kasbi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, dallol ikki tomondan haq olsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dallol gohida sotuvchi tarafidan, gohida oluvchi tarafidan, gohida esa ikkisi tarafidan ham vakil bo‘ladi. Agar dallol yolg‘on, firib, aldov qilmasdan faoliyat yuritsa, bu uchun haq olishi joiz hisoblanadi.
Dallolning haq olishi va uning qaysi tomondan bo‘lishi urf-odatga ko‘ra bo‘ladi. Urfda sotuvchi, yoki xaridor, yo har ikki tomon dallol haqqini beradigan bo‘lsa, shundan kelib chiqib ish faoliyatini yuritishi joiz hisoblanadi ("Durarul hukkam" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.