frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Missionerlar iymon o'g'rilari

29.04.2022   2350   3 min.
Missionerlar iymon o'g'rilari

Keyingi paytlarda falon kishi boshqa dinga o'tibdi, oilasi bilan birga o'tirmas ekan, harbiy xizmatdan bosh tortibdi, qon topshirmas emish degan har gaplar quloqqa chalinadigan bo'lib qoldi. Buning sababi bizning yurtimizda ham missioner deb atalmish iymon o'g'rilari paydo bo'lganidandir.

Misssionerlik – bu biron bir dinga e'tiqod qiluvchi kishilarni boshqa birdinga targ'ib qilishga aytiladi.

Missionerlik esa, biror bir vazifani u vazifa-siyosiy yoki diniy bo'lsin, bajarish uchun yuborilgan kishiga nisbataan aytiladigan atama. Ular aosan xristiyan diniga xos bo'lib, xristianlikning ham dunyo bo'ylab ko'pgina davlatlarda va xristianlikning o'zida ham qoralanadigan va ta'qiqlangan diniy sektalar hisoblanadi.

Missionerlar katta davlatlar va qaysidir kompaniyalarning manfaatini ko'zlab, maxsus tayyorgarlikdan va o'quv kurslaridan o'tkazilgan kishilardir.

Ular qaysi mamlakatga yuborilish uchun tayyorlanayotgan bo'lsa, shu mamlakat aholisining dini, millati, urf odatlarini yaxshi o'rganib chiqadilar. Kerak bo'lsa vaziyatga qarab aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga o'z ta'sirini ko'rsatib, o'z saflariga qo'shib olishga harakat qiladilar. Bunga misol qilib yurtimizdagi kar-soqovlar, nogironligi bor kishilar va jismoniy va moddiy imkoniyati cheklangan kishilarga moddiy ko'mak berish bahonasida ularning ongiga kirib borib, o'z dinidan voz kechib, ular chaqirayotgan dinga kirishga targ'ib qilganliklarini keltirishimiz mumkin.

Ularning asl maqsadi dinga kiritish emas, balki musulmonlarni dindan chiqarishdir. Missionerlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan kishilar umuman tarafdorlarining axloqini yaxshilash bilan shug'ullanmaydilar. Aksincha, ular xulqni buzadigan ishlarni yoyishadi. Turli xil o'yinlar, «diskotekalar» tashkil qilishadi, restoranlar ochib, tungi ko'ngilxushliklar uyushtirishadi.

Taassufki, hozirgi kunda diyorimizdagi ayrim hududlarda musulmon farzandlarimizni boshqa dinlarga og'dirish, ya'ni missionerlik harakatlari uchrab turibdi. Sof aqida nima ekanidan bexabar, xaq bilan nohaqlikni anglab etmagan ba'zi odamlar o'z dinlaridan kechib ketishlari juda achinarlidir. Bu esa jamiyatning boshlang'ich bo'g'ini hisoblanmish oilada har xil nizolar kelib chiqishiga sabab bo'lmokda. Ularning o'z e'tiqodlaridan yuz o'girishlarining birinchi sababi, islom aqidasini yaxshi bilmasliklari bo'lsa, ikkinchisi missionerlar tomonidan turli xil ko'rinishdagi moddiy rag'batlantirishlardir.

So'zimizning intihosida shuni alohida ta'kidlaymizki, yuqorida aytganimizdek, missionerlarning «g'amxo'rligi»ga aldanib, ularning tuzog'iga ilingan kimsalar aslida islomiy hayotdan ancha yiroq, uning hayotbaxsh ta'limotidan bexabar kishilardir. Aks holda, ular ming yillar davomida ota-bobolari asrab-avaylab kelgan muqaddas dinini arzimas narsaga, dunyo matosiga sotmagan, bunday nodonlik va jaholatga yo'l qo'ymagan bo'lar edilar.

Alisher navoiy xazratlari aytadilarki:

Yurtni obod etguchi dono bo'lak  nodaon bo'lak

Yerni shudgor qilguchi dehqon bo'lak qobon bo'lak.

 

R.Ernazarov

Bog'ot tumani imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

24.08.2026   6959   1 min.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yagona Vatan — yagona xalq!

Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari