Hanafiy-Moturidiy mazhabi Sayful-Haq (Imom Abul-Mu'in Nasafiy) rohimahulloh davridan keyin Buxora madrasasidan istifoda olishlik bilan bir qatorda umumiy tarzda Samarqand madrasasi fikrlari ustida qaror topadi. Muta'axxir ulamolarning nazdida bu ikki madrasa o'rtasida bildirilgan fikrlar va aytilgan gaplar ichida Samarqand madrasasining so'zi rojih (ustun) hisoblangan.
1 – “Al-Jumal min usulud-din” – Imom Abu Salama Samarqandiy rohimahulloh. Ushbu kitob bir necha muhim masalalarni ziyoda qilish bilan “Tavhid” kitobining muxtasariga o'xshaydi.
2 – “Tamhid” – Imom Sayful-Haq Abul-Mu'in Nasafiy rohimahulloh. Ushbu kitob imomning “Tabsiratul adilla” asariga xulosa hisoblanadi va ushbu kitobga ikkita sharh bitilgan: Imom Sig'noqiy rohimahullohning “Tasdid” asari (bu kitob haqida quyida to'xtalamiz) va Imom Bag'obakiy rohimahullohning yozgan sharhlari. Bu sharh barcha uchun juda foydalidir.
3 – “An-Nur ul-Lome'” – Imom Abu Shujo Nosiriy rohimahulloh. Bu kitob Imom G'aznaviyning “Aqidatut Tahoviyya”ga yozgan sharhi, “Mabohisul kalomiyya fi-taqvimil adilla”, “Tabsiratul adilla” va bir qancha asarlardan muhim ta'villarni jamlagan.
4 – “Tabsiratul adilla” – Imom Sayful-Haq Abul-Mu'in Nasafiy rohimahulloh. Ushbu kitob imomdan oldin o'tgan Samarqand ulamolarining kitoblariga (bu kitoblarning askari bizgacha etib kelmagan) xulosa hisoblanadi. Shuningdek, Hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy rohimahullohning tahqiqotlarini markazlashtiruvchi asar sanaladi. Buni imomning o'zlari bayon qilib aytganlar.
5 – “Sharhu Ta'vilot” – Imom Sayful-Haq Abul-Mu'in Nasafiy rohimahulloh. Ushbu kitobni Imom Alouddin Samarqandiy rohimahulloh jamlaganlar. Bu kitob “Tabsiratul adilla” asaridan so'ng mazhabning eng ahamiyatli asari hisoblanadi. O'z ichiga boshqa kitoblarda uchramaydigan dalillar va kalom ilmiga doir foydalarni olgan. Shuningdek, “Tabsiratul adilla” asarida batafsil to'xtalinmagan kalom ilmiga doir masalalarni yoritib beradi.
6 – “Tasdid fiy sharhi Tamhid” – Imom Husomiddin Sig'noqiy rohimahulloh. Ushbu kitob Imom Sayful-Haq rohimahullohning davridan Imom Nuriddin Sobuniy rohimahulloh, Sayyid Nosiruddin Samarqandiy rohimahulloh va Imom Hamiduddin Dorir rohimahulloh kabi mutaaxxir ulamolarning davrigacha bo'lgan tahqiq qilingan masalalarni jamlagan.
7 – “Tavhid” – Hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy rohimahulloh.
8 – “Ta'vilotu ahli sunna” – Hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy rohimahulloh.
حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.
Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.
U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.
Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD