...Moturidiyning mazkur asari tarix jarayonida ko'p allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bo'lgan.
Shulardan biri Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Samarqandiyning sharhidir. U “Sharh ta'vilot ahli as-sunna” deb nomlangan.
Shu bilan birga, Moturidiy nomi ostida yozilgan bir necha soxta asarlar ham ma'lumdir. Masalan: “Favoid” (qoidalar), boshqa nomi “Pandnoma”, “Kitob al-Usul”, “Sharh al-Fiqh al-Akbar” asarlari shular jumlasidandir. Bu Moturidiyning diniy ilmlar namoyandalari orasida qanchalik mashhur bo'lganligidan dalolat beradi. Moturidiy ko'p shogirdlar etishtirdi, ular orasida islom olamiga mashhur allomalar Abul Hasan Rustug'faniy, Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abdul Karim Pazdaviy, Abu Ahmad Iyoziy kabi olimlar bor edi. Shogirdlari o'z ustozlarining ta'limotini davom ettirishgani natijasida moturidiya ta'limoti vujudga kelgan.
Abu Mansur Moturidiy umri davomida faqihlar, muhaddislar bilan muloqotda bo'lgan va munozaralar olib borgan. U islom dinining hanafiy mazhabini Movarounnahrda tarqatish va o'zidan keyingi avlodlarga qusursiz etkazish ishiga muhim hissa qo'shdi.
Moturidiy o'z davrining islomiy ilmlari sohasida eng etuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo'r ehtirom bilan tilga olinadi.
Moturidiyni ulug'lab “Imom al-huda” va “Imom al-mutakallimin”, “Hidoyat yo'li imomi va mutakallimlar imomi” kabi nomlar bilan ham ataganlar.
Muhammad Ayub Faxriddinov
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati