Bugun, 11 aprel' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Farg'ona viloyatiga safarlari davomida Qo'qon shahridagi “Degrezlik” masjidiga peshin namoziga tashrif buyurib, qo'qonlik mo'min-musulmonlarga ilk ma'rifiy suhbatni qilib beradilar.
Ayni paytda Muftiy hazratlari va mo'min-musulmonlar tashriflariga masjidda barcha tayyorgarliklar hozirlangan.
Ma'lumot uchun, “Degrezlik” jome masjidi Qo'qon shahrida joylashgan bo'lib, 2011 yilda hashar yo'li bilan barpo etilgan. Masjidning umumiy maydoni 21 sotixni tashkil etadi. Jomeda bir vaqtning o'zida 4500 nafar namozxon emin-erkin ibodat qilishi mumkin. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Degrezlik” so'zi “cho'yan quyuvchi” ma'nosini anglatadi.
Muftiy hazratlarining go'zal suhbatlaridan bahra olish uchun mo'min-musulmonlarimizni taklif etamiz.
▶️ Ushbu tashrif sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali onlayn efirga uzatiladi.
Youtube orqali tomosha qilish (https://www.youtube.com/channel/UCQGFSBrqwBCKY5SYk_6wm7A)
Facebook orqali tomosha qilish (https://www.facebook.com/muslimuzportal)
Instagram orqali tomosha qilish (https://www.instagram.com/muslimuzportali/)
Telegram voice orqali eshitish
(https://t.me/muslimuzportal?voicechat)? ITV orqali tomosha qilish (https://itv.uz/#!/concert/34) (tas-ix)
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo bandalariga bunday degan: “Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang!” (Zumar surasi, 53-oyat).
Alloh taolo Muso alayhissalomning onasiga: “...qo‘rqma, mahzun bo‘lma”, deb marhamat qilgan (Qosos surasi, 7-oyat).
Ya’qub alayhissalom o‘g‘illariga: “Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar”, deb aytganlar (Yusuf surasi, 87-oyat).
Yusuf alayhissalom akasiga bunday deganlar: “...xafa bo‘lma” (Yusuf surasi, 69-oyat).
Shu’ayb alayhissalom Muso alayhissalomga: “...qo‘rqma” (Qosos surasi, 25-oyat), dedilar.
Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga: “Xafa bo‘lma, Alloh, albatta, biz bilan” (Tavba surasi, 40-oyat).
Davron NURMUHAMMAD