Shu yil 7 aprel' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Germaniya elchisi Tilo Klinnerni qabul qildilar.
Uchrashuvda Muftiy hazratlari O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotgani, O'zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati va oxirgi yillardagi diniy-ma'rifiy sohadagi o'zgarishlar haqida so'zlab berdilar.
Germaniya ilm-fan kabi o'ta muhim sohalarga alohida ahamiyat ko'rsatib, yoshlarga, jumladan o'zbekistonlik yosh avlodga qulay sharoitlar berayotgani, ular Germaniyada ilmiy tadqiqotlar olib borishga juda ishtiyoqmandligi, shuningdek, yaqin kunlarda Diniy idora Kutubxona xodimlari ham Berlin muzeyiga safari rejalashtirilayotganini muftiy hazratlari ma'lum qildilar.
Tillo Klinner samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, haqiqatan ikki davlat munosabatlari yanada yaxshilanishi va hamkorlik aloqalarida ulkan muvaffaqiyat tiladi. Elchi janoblari O'zbekiston zaminida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik muhiti dunyoga namuna qiladigan darajada ekanini e'tirof etdi. U diniy-soha xodimlari o'zaro hamkorlik qilish yaxshi natija berishini bildirib, Germaniya hukumati qo'lyozma manbalarni o'rganish ishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashini aytdi.
Muloqotda elchi Islom dini ma'rifatini keng yoyishdagi O'zbekistonnning ilmiy salohiyatini e'tiborga olgan holda “Markaziy Osiyoda Islom dinining o'rni” mavzusida xalqaro anjuman o'tkazish va Muftiy hazratlarini ikki tomonlama aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida, qulay vaqtda Germaniya davlatiga taklif etdi.
Uchrashuv do'stona va samiy ruhda o'tdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini kengaytirish va eksportda keng qo‘llanilayotgan SMIIC standartlari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Ishtirokchilarga SMIIC standartlari talablari, sinov metodlari, audit va sertifikatlashtirish jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilib, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi laboratoriyalarida mahsulotlar sinovini amalga oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ulamosi Hikmatulloh domla Toshtemirov hamda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash idoralari xodimlari ham ishtirok etdi.