Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Aprel, 2025   |   26 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:30
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:16
Xufton
20:37
Bismillah
24 Aprel, 2025, 26 Shavvol, 1446

Ro'za tutish qandli diabet (saxar) va teri kasalliklariga chalinmaslikka sabab bo'ladi

01.04.2022   3880   1 min.
Ro'za tutish qandli diabet (saxar) va teri kasalliklariga chalinmaslikka sabab bo'ladi

Ro'za tutish insonning qandli diabet kasaliga chalinmasligiga sabab bo'ladi. Doktor Ahmad Fanjariy aytadi: “Ro'za tutganda qondagi qand(shakar) miqdori eng past darajagacha tushadi. Bu esa oshqozon osti bezi faoliyatini me'yoriga keltiradi. Ma'lumki, oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi. Bu qand moddasini tindirib yog'ga aylantiradi va to'qimalarda to'playdi. Agar ortiqcha ovqat iste'mol qilinsa, oshqozon osti bezi faoliyati buzilib, o'z vazifasini bajara olmaydi. Natijada, qondagi qand miqdori ortib, vaqt o'tgan sari qandli diabet kasalligini paydo qiladi. Oshqozon osti bezining me'yorda ishlashi va qandli diabet kasalligining oldini olinishida ro'zaning o'rni beqiyosdir”.

Ro'za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada:

  • terining mikroblarga qarshi immunitetni oshiradi;
  • teridagi o'tkir yallig'lanishlarni va ularning tarqalishini kamaytiradi;
  • allergiya va yuzdagi toshmalarni quritadi;
  • Ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va teridagi chipqonlarni yo'qotadi.

Tibbiyot mutaxassislari tadqiqotlar natijasida ro'zaning “Ekzema”(teri kasalligi, terida pufakchalar hosil bo'lishi, qo'tir-qo'tir va katta-kichik po'st paydo bo'lishi bilan kechadi) va “Podagra”(moddalar almashinuvi buzilganda uchraydigan kasallik. Bu kasallik ko'p ovqatlanish va vazn ortib ketishi tufayli kelib chiqadi) kasalliklariga eng yaxshi muolaja bo'lishini aniqlaganlar.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Rahmonning bandalari qanday bo‘ladi?

23.04.2025   1316   1 min.
Rahmonning bandalari qanday bo‘ladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

«Rahmonning bandalari qanday bo‘ladi?» degan savolga Furqon surasi so‘ngida javob bor:

1. Ular yerda tavozu ila yuradilar.

2. Johillar gapirganda, ular bilan tortishmasdan, “omon bo‘linglar”, deb javob qaytaradilar.

3. Tunlarni Rabbilariga sajda qilib bedor o‘tkazadilar.

4. “Rabbano, O‘zing bizni jahannamdan saqla, u juda yomon joy”, deb iltijo qiladilar.

5. Infoq qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaydilar, o‘rtacha bo‘ladilar.

6. Allohdan boshqa birortaga iltijo qilmaydilar.

7. Biror jonni nohaq o‘ldirmaydilar.

8. Zino qilmaydilar. Zino qilsa, qiyomat kuni azobi bir necha barobar ko‘paytirilib, do‘zaxda xor bo‘lib, abadiy azobda qolishdan qo‘rqadilar.

9. «Ammo kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, Alloh ana o‘shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtiradi. Alloh mag‘firatli, rahmli Zotdir. Kim tavba qilib, solih amal qilsa, Allohga (U zotning mag‘firatiga) qaytgan bo‘ladi», degan oyatlarini o‘qib, chin tavba qiladilar, yomonliklardan tiyiladilar, yaxshi amallar qiladilar, hech qachon noumid bo‘lmaydilar.

10.  Ular yolg‘on guvohlik bermaydilar.

11. Behuda narsalar oldidan o‘tsalar, hurmatlarini saqlagan holda o‘tadilar.

12. Rabbilarining oyatlarini eshitganda, gung va karlarga o‘xshab turmaydilar.

13. Rahmonning bandalari “Rabbano, O‘zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko‘zimiz quvonadigan narsalarni hadya et, bizni taqvodorlarga yo‘lboshchi qil”, deb duo qiladilar.


Abdug‘ofur Iskandar

Maqolalar