Imom Abu Hanifa rahimahulloh esa shunchalik darajada omonatdor bo'lganlar, u zotning iymonlari samimiy va sof edi. U zot o'sha ayolga to'rt yuz dirham berdilar, vaholanki u yuz dirham olsa ham xursand bo'lardi. U kishi yuz dirhamgina berib olg'irlik qilmadilar. U kishi birovning narh haqida bexabarligidan foydalanib qolishni istamadilar. Axir qanchadan qancha odamlar narhni tushurish uchun turli hiylanayranglar qiladilar.Lekin u kishi nafaqat olg'irlik qilmadilar, balki foyda ham olmoqchi bo'lmadilar. Dunyoviy ishlarda boshqalarni aldashni istamagan kishi, oxirat ishlarida aldov ishlatishni xohlashi mumkin deb o'ylaysizmi? Abu Hanifa rahimahulloh mana shunday ishonchli bo'lganlar. Bu esa, nima sababdan u zot Abu Hanifa ismiga munosib deb topilganlariga yaxshi misoldir. U zot shunchalik samimiy, sofdil, kamtarin va shunday go'zal xulqga ega edilarki, odamlar u kishini ushbu sifatlarni o'zida mujassam etgan Abu Hanifa ismi ila nomladilar Imom Abu Hanifa rahimahulloh esa shunchalik darajada omonatdor bo'lganlar, u zotning iymonlari samimiy va sof edi. U zot o'sha ayolga to'rt yuz dirham berdilar,
vaholanki u yuz dirham olsa ham xursand bo'lardi. U kishi yuz dirhamgina berib olg'irlik qilmadilar. U kishi birovning narh haqida bexabarligidan
foydalanib qolishni istamadilar. Axir qanchadan qancha odamlar narhni tushurish uchun turli hiylanayranglar qiladilar. Lekin u kishi nafaqat olg'irlik qilmadilar, balki foyda ham olmoqchi bo'lmadilar. Dunyoviy
ishlarda boshqalarni aldashni istamagan kishi, oxirat ishlarida
aldov ishlatishni xohlashi mumkin deb o'ylaysizmi?
Abu Hanifa rahimahulloh mana shunday ishonchli bo'lganlar. Bu esa,
nima sababdan u zot Abu Hanifa ismiga munosib deb topilganlariga
yaxshi misoldir. U zot shunchalik samimiy, sofdil, kamtarin va shunday go'zal xulqga ega edilarki, odamlar u kishini ushbu sifatlarni o'zida mujassam etgan Abu Hanifa ismi ila nomladilar
Manbalar asosida Jamalov Nurullohon tayyorladi
O‘zbekistonda noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovi 26 avgust kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida e’lon qilinadi. Tanlov «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi, xabar bermoqda UzDaily.uz.
«Dunyo Qur’oni: xattotlik an’analaridan — kelajak merosi sari» loyihasini xattot va Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi Xattotlik maktabi direktori Habibullo Solih taqdim etadi. Bu haqda tadbir tashkilotchisi xabar berdi.
Tanlov doirasida turli mamlakatlar va xattotlik maktablarining islomiy xattotlikdagi eng yaxshi an’analarini birlashtirgan noyob Qur’on yaratish ko‘zda tutilgan.
Tanlovning tantanali e’loni «Asrlarni birlashtiruvchi meros. Islom sivilizatsiyasining ma’naviy mazmunlari» mavzusidagi yalpi sessiyaning yakuniy qismi bo‘ladi. Sessiya 26 avgust kuni soat 09:30 dan 12:00 gacha o‘tkaziladi.
Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalarining stereotiplar va islomofobiyani yengishdagi roliga bag‘ishlangan xalqaro muhokama ham bo‘lib o‘tadi. Unda Islom hamkorlik tashkiloti, Jazoir, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Mali va O‘zbekistonning davlat tuzilmalari hamda OAV vakillari ishtirok etadi.
Forum dasturidan Qur’oniy va qo‘lyozma merosga bag‘ishlangan loyihalar ham o‘rin olgan. Ular orasida «114 Qur’on: islom olamining 114 xattotlik durdonasi», «Katta Langar Qur’oni: haqiqat va rivoyatlar» xalqaro loyihasi hamda «Sun’iy intellekt — qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qishning raqamli kaliti» loyihasi bor.
O‘zbekistonda xattotlikni rivojlantirishga institutsional darajada ham e’tibor qaratilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Xattotlik maktabi faoliyat yuritmoqda. Maktabda suls, nasx, nasta’liq, ruq’a, devoniy va kufiy kabi an’anaviy yozuv uslublarini o‘rgatish rejalashtirilgan.
Xattotlik san’ati Samarqand viloyatidagi yangi Imom al-Buxoriy majmuasida ham namoyon etilgan. Majmua peshtoqlari va ayvonlari devorlari «Sahih al-Buxoriy»dan olingan hadislar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Majmua huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmiy maktabi ham faoliyat yuritadi.
Xalqaro mediaforumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi.
Tadbirda qariyb 50 mamlakatdan media va ekspertlar hamjamiyatining 300 ga yaqin vakili ishtirok etadi. Ular orasida mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari bor.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati