frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

"Ilmsiz odamni mot qilib bo'lmaydi"

29.03.2022   2181   1 min.

Imom Ahmad rahimahullohning huzuriga bir yigit kirib keladi. U ahli ilmlar ila tortishishni kasb qilib olgan bir mullavachcha, so'zamol fitnachi edi. Tortishish niyatida ekanligini va Imom Ahmaddan boshqa hammani dog'da qoldirganini aytadi. Imom uning da'vosini eshitgach, darhol so'raydilar:

- Qancha hadis bilasan?

- 500 ga yaqin...

Bu javobni eshitgach, "Men senga motman!" deydilar.

Yigit chiqib ketgach, shogirdlar bu javobning hikmatini so'raydilar va Ahmad ibn Hanbaldan shunday javob eshitadilar: - “Ilmsiz odamni mot qilib bo'lmaydi”.

«HIKMATLAR HAZINASI»

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

27.08.2026   12814   1 min.
Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari