Masjidlar, shamoil, xattotlik, qadimiy islomiy artefaktlar maketlari - bularning barchasini Nijnekamsk shahar muzeyida ochilgan "Islom nuri" badiiy-adabiy ko'rgazmasida ko'rish mumkin. Ekspozitsiya Volga Bulg'ori xalqlari tomonidan islomni qabul qilinganligining 1100 yilligiga bag'ishlangan. Bu erda Tatariston, Rossiya va qo'shni mamlakatlardan kelgan 50 nafar rassomning asarlari namoyish etilmoqda. Islam.ru xabariga ko'ra, badiiy polotnolar musulmon xalqlari madaniyati va san'ati bilan tanishtiradi. Ko'rgazmada nodir qimmatbaho kitoblar - 1880 yilgi Qur'on ham taqdim etilgan. Nijnekamsk aholisi ko'rgazmaga 12 aprelgacha tashrif buyurishlari mumkin.
"Islom nuri" - bu 2019 yildan 2021 yilgacha "Musulmon masjidi" loyihasi doirasida o'tkazilgan Butunrossiya va xalqaro plener rassomlarining uzoq yillik ijodining yakuniy ko'rgazmasi hisoblanadi. Ushbu loyiha Chistopol muxtasibati, Chistopol tumani ma'muriyati, Respublika rassomlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ", - dedi Nijnekamsk majmuasi muzeyining ekspozitsiya faoliyati bo'yicha mutaxassis Guzel Alekseeva.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 21 avgust kuni Toshkent islom instituti magistratura bosqichiga hujjat topshirgan talabgorlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha quyidagi fanlardan ijodiy imtihon topshiradi:
Teologiya (Islom ilohiyoti, falsafasi va moturidiylik ta’limoti) mutaxassisligi bo‘yicha Aqoid va islom falsafasi fanlari;
Teologiya (Hadis ilmlari) mutaxassisligi bo‘yicha Hadis va Mustalahul-hadis fanlari.
2025 yil 22 avgust kuni chet tilidan test sinovi o‘tkaziladi. Test imtihoniga ruxsatnoma bilan kiriladi. Talabgorlar mazkur hujjatni @muslimqabulbot telegram botidan olishlari mumkin.
Imtihonlar ushbu kunlarda soat 8:00 da Toshkent shahridagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi binosida boshlanadi. Yarim soat oldin talabgorlar ro‘yxatga olinadi.
Imtihon manzili: Toshkent shahri, Fayzibaland ko‘chasi, 1-uy.
Qabul jarayoniga oid yangiliklarni kuzatib boring:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati