Sehrgarlar shaytonning xizmatkorlaridir. Shayton insonlarni Allohga ibodat qilishdan to'sish uchun o'z “xodimlari”ni ishga soladi. Buning uchun sehrgar o'zining huzuriga keluvchilarni Allohdan boshqaga atab jonliq so'yishga, tumor taqishga chaqiradi. Natijada ularni asta-sekin shirk amallarga boshlaydi.
Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim tumor taqsa, batahqiq shirk keltiribdi”,deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
Sehrgarlarning yana boshqa makrlaridan biri bu – huzuriga kelganlarning kasalliklari haqida bilishlarini da'vo qilishlari sanaladi. Ular har bir insonda uchrab turadigan bemorlik va muammolar masalan, bosh, bel og'rig'i, ba'zan g'amga botish kabilarni aytib, o'zlarini go'yoki mijozning har bir dardi hamda sirini biladigandek ko'rsatishadi.
Yana sehrgarlar varaqlarga Qur'oni karimdagi ayrim oyatlardan yozib, o'zlarini xuddi jinlardan emas, Allohdan yordam-madad so'rayotgandek qilib ko'rsatib, odamlarni aldaydilar.
Davomi bor...
Davron NURMUHAMMAD
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati